Ayollar jinsiy a'zolari Reja: Tuxumdon (ovarium) Tuxum pullari (bachadon napi) Bachadon (uterus) Ayollar jinsiy sistemasi - jinsiy bezlar (tuxumdonlar) va yordamchi jinsiy a'zolar (bachadon nayi, bachadon, qin hamda tash-qi jinsiy a'zolar) dan tashkil topgan. TUXUMDON (OVARIUM) (Tuxumdon, bir tomondan, jinsiy hujayralarni hosil qiluvchi a'zo bo'lsa, ikkinchi tomondan, ayol organizmiga umumiy ta'sir qiluvchi gormonlar ishlab chiqaradigan murakkab inkretor bez hisoblanadi. Tuzilishi. Odam tuxumdonlari - uzunligi 2,5-2,6 sm, kengligi 1,5-3,0 sm va qalinligi 0,6-1,5 sm bo'lgan ovalsimon juft a'zodir. Tuxumdonning yuzasi faoliyatsiz kurtak epiteliysi bilan qoplangan. Epiteliy ostida tolali yoki oqsil pardani hosil qiluvchi yupqa biriktiruvchi to'qimali qatlam yotadi. Parda ostida u tuxumdon stromasiga aylanadi. Oqsil parda ham, organning stromasi ham nozik, siyrak kollagen fibrillalardan iborat bo'-lib, ularning orasida duksimon biriktiruvchi to'qima hujayralari yotadi. Elastik tolalar juda kam bo'lib, silliq mushak hujayralari bilan birgalikda mag'iz qismida uchraydi. Tuxumdonda po'stloq modda (cortex ovarii) va mag'iz modda (medulla ovarii) farqlanadi. Po'stloq moddada tuxum hujayralarining rivojlanishi (germinativ funktciya) va ovarial gormonlarning ishlab chiqarish jarayoni (endokrin funktciasi) kechadi. Tuxumdonning mag'iz qismi qoy tomir va nervlarga boy bo'lgan biriktiruvchi to'qimadan hosil bo'lgan. Tuxumdonning po'stloq qavatida birlamchi, ya'ni primordial follikullar (folliculus ovaricus primarius), o'suvchi follikullar (folliculus ovaricus crescens) hamda etilgan (Graaf) follikullari (folluculus ovaricus vesiculosus), sariq tana (corpus luteum), oq tana (corpus albicans) va atretik tana (corpus aeIsshp joylashadi. oqsil parda ostida, tuxumdonning periferik qismida, primordial follikullar bir necha qator bo'lib, zich joylashadi (245-rasm). Har bir birlamchi follikul ovogoniy va uning atrofini o'ragan bir qavat follikulyar hujayralardan iborat. Balog'at yoshidan boshlab tuxumdonda muntazam ravishda primordial follikullar etilgan follikullarga ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
344.67 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
344.67 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:42 ]
Arxiv ichida: docx