Ayollar jinsiy a'zolarining taraqqiyot nuqsonlari, anomaliyalari

Ayollar jinsiy a'zolarining taraqqiyot nuqsonlari, anomaliyalari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ayollar jinsiy a'zolarining taraqqiyot nuqsonlari, anomaliyalari - rasmi

Material tavsifi

Ayollar jinsiy a'zolarining taraqqiyot nuqsonlari (anomaliyalari) TASHQI JINSIY A'ZOLAR RIVOJLANISHIDAGI NUQSONLAR Tashqi jinsiy a'zolar rivojlanishining anomaliyalari germafroditizm ko'rinishida uchraydi. Germafroditizm homilada ham erkaklik, ham ayollik belgilari bilan namoyon bo'ladi. Chin va soxta germafroditizm farqlanadi. Chin germafroditizm juda kam uchraydi. Bu nuqson moyakda, tuxumdonda hamda jinsiy bezlar to'qimalarida kuzatiladi. Ikkilamchi jinsiy belgilar va ichki jinsiy a'zolar ko'pincha ayolga ham, erkakka ham xos bo'lishi mumkin. Psevdogermafroditizm yoki soxta germafroditizm shunday nuqsonki, bunda tashqi jinsiy a'zolar ichki jinsiy a'zolarga - jinsiy bezlarga mos kelmaydi. Masalan, bachadon, bachadon ortiqlari, qin mavjud bo'lsa ham tashqi jinsiy a'zolar erkakka xos shakllangan bo'ladi (ayollar soxta germafroditizmi). Odatda, ayollar soxta germafroditizmi adrenogenital sindrom (AGS) da kuzatiladi. Tashqi jinsiy a'zolar nuqsonlari ko'pincha siydik chiqarish kanali va to'g'ri ichak nuqsonlari bilan birgalikda o'tadi. Tuxumdonlar rivojlanishidagi anomaliyalar. Tuxumdonlar rivojlanishidagi nuqsonlarga tuxumdon bo'lmasligi: gonadalar disgeneziyasi va sklerokistozli tuxumdonlar kiradi. Gonadalar disgenezyasi (shereshevskiy - Terner sindromi) da tuxumdonlar bo'lmaydi. Bunday qizlarning tuzilishi erkaklarga o'xshaydi, bo'yi pastroq, ovozi yo'g'on, bo'yni kalta, ayrim joylari tuk bilan qoplanadi (soqol, mo'ylov o'sadi va hokazo). Bunday bemorlarda hayz ko'rmaslik, ikkilamchi jinsiy a'zolar va sutbezlari chala rivojlangani kuzatiladi. Davolashda o'rinbosar gormonlardan foydalaniladi, ya'ni gonodotrop gormonlar qo'llaniladi. Tuxumdonlar sklerokistozi sindromi. Shteyn-Livental sindromida tuxumdonlar to'qimasi o'rnida biriktiruvchi to'qima bo'ladi va jinsiy gormonlar sintezi buziladi. Natijada erkaklar jinsiy gormonlari ko'p miq dorda ishlab chiqiladi. Bemorni jun bosadi va hayz funksiyasi buzi ladi, ko'pincha hayz ko'rmaydi (amenoreya) yoki gipomenstrual sindrom yuzaga keladi. Bunday bemorlar semirib ketadi, ikkilamchi jinsiy belgilar yaxshi rivojlangan holda tuxumdonlar kattalashgan bo'ladi. Ular, odatda, farzand ko'rmaydi, chunki hayz siklining anovulator ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.08 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.08 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga