Ayollar jinsiy a'zolarining yallig'lanish kasalliklari Reja: Tashqi jinsiy a'zolarning yallig'lanishi Ichki jinsiy a'zolarning yallig'lanishi Jinsiy a'zolar yallig'lanish kasalliklarini davolash Qiz bolalarda ko'proq uchraydigan ginekologik kasalliklar Ayollar jinsiy a'zolarining yallig'lanish kasalliklari ginekologik kasal liklar orasida birinchi o'rinni egallaydi. Ayollar jinsiy a'zolarining yallig'l anish kasalliklari tasnifiga uchta tamoyil asos qilib olingan. etiologik omil kasallik qo'zg'atuvchisi infektsion, mexanik, termik, kimyoviy, tromboz, qon quyilishi, to'qimalarning nekrozga uchrashi kabi omillar. Infektsiyaning tarqalishi limfagen yo'l bilan, gematogen yo'l bilan, kanalikulyar yo'l bilan. Klinik o'tishi o'tkir, yarim o'tkir, surunkali va kasallikning qayta qo'zg'alish davri. Kasallik chaqiruvchi mikroblarning guruhlari septik yallig'lanish kasalliklari, spesefik yallig'lanish kasalliklari. Kasallik qamrab olgan joyiga qarab tashqi jinsiy a'zolar yallig'lanishi, ichki jinsiy a'zolar yallig'lanishi. Infektsiya ekzogen va endogen yo'l bilan yuqadi. Kasallikning klinik o'tishi qo'zg'atuvchisining virulentligiga, hamda organizm himoya kuchining xususiyatlariga bog'liq. TASHQI JINSIY A'ZOLARNING YALLIG'LANISHI vulvit - asosan jinsiy lablar yallig'lanishi. Ayol qinga kirish sohasi achishib, og'rib turganidan, qichishuvdan noliydi. Ko'zdan kechirilganda to'qimalar qizarib, shishgani, yiringsimon ajralmalar kelayotgani ko'rinadi, yaralar ham topilishi mumkin. Davosi: 2% li borat kislota eritmasi, moychechak damlamasi, bilan yuvib tozalab sintomisin yoki streptosidli emulsiya surtiladi yoki primochka qilinadi ya'ni eritmasi shimdirilgan salfetka bilan yopib qo'yiladi. Bartolinit - katta vestibulyar bezlarning yallig'lanishi. Katta jinsiy lab sohasi qattiq og'rib, shishib ketishi va infiltratsiya paydo bo'lishi bilan xarakterlanadi. Yallig'lanish yiringli bo'lsa, tana harorati ko'tariladi. O'tkir bosqichda bemorga o'rnidan turmay yotishi, zararlangan bez sohasiga muzli xalta qo'yish antibiotiklar va sulfanilamid preparatlari buyuriladi. Yiringli yallig'lanishda xirurgik yo'l bilan davo qilinadi. Yiringlagan joyni yorib, bo'shlig'iga 10% gigipertonik natriy xlor eritmasiga ho'llangan trundalar, so'ngra Vishnevskiy mazi ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
203.24 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
203.24 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:42 ]
Arxiv ichida: docx