Ayollar jinsiy tizimi

Ayollar jinsiy tizimi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ayollar jinsiy tizimi - rasmi

Material tavsifi

Ayollar jinsiy tizimi Reja: Ayollar jinsiy tizimi, umumiy tavsifi, vazifalari. Tuxumdon, tuzilishi, follikullar va tuxum hujayraning etilishi. Yetilgan Graaf pufagi, tuzilishi, ovulyatsiya. Sariq tana, etilish bosqichlari, progesteronning ta'siri. Bachadon nayi, tuzilish xususiyatlari. Bachadon, endometriy tuzilishi. Miometriy, tuzilish xususiyatlari, bachadon bo'yni qismi. Qin, tuzilishi xususiyatlari. Ovarial-menstrual sikl, uning morfologik asoslari, gormonal boshqarilishi. Sut bezlari, tuzilishi, tuzilishining laktatsiya bilan bog'liqligi haqida. TMI: Ovarial-menstrual siklning morfologik asoslari. Ayollar jinsiy sistemasi - jinsiy bezlar (tuxumdonlar) va yordamchi jinsiy a'zolar (bachadon nayi, bachadon, qin hamda tashqi jinsiy a'zolar) dan tashkil topgan. TUXUMDON (OVARIUM) Tuxumdon, bir tomondan, jinsiy hujayralarni hosil qiluvchi azo bo'lsa, ikkinchi tomondan, ayol organizmiga umumiy ta'sir qiluvchi gormonlar ishlab chiqaradigan murakkab inkretor bez hisoblanadi. Tuzilishi. Odam tuxumdonlari - uzunligi 2,5-2,6 sm, ksngligi 1,5-3,0 sm va qalinligi 0,6-1,5 sm bo'lgan ovalsimon juft azodir. Tuxumdonning yuzasi faoliyatsiz kurtak epiteliysi bilan qoplangan. Epiteliy ostida tolali yoki oqsil pardani hosil qiluvchi yupqa biriktiruvchi to'qimali qatlam yotadi. Parda ostida u tuxumdon stromasiga aylanadi. Oqsil parda ham, organning stromasi ham nozik, siyrak kollagen fibrillalardan iborat bo'lib, ularning orasida duksimon biriktiruvchi to'qima hujayralari yotadi. Elastik tolalar juda kam bo'lib, silliq mushak hujayralari bilan birgalikda mag'iz qismida uchraydi. Tuxumdonda p o' s t l o q m o d d a (cortex ovarii) va m a g' i z m o d d a (medulla ovarii) farqlanadi. Po'stloq moddada tuxum hujayralarining rivojlanishi (germinativ funksiya) va ovarial gormonlarning ishlab chiqarish jarayoni (endokrin funktsiasi) kechadi. Tuxumdonning mag'iz qismi qon tomir va nervlarga boy bo'lgan biriktiruvchi to'qimadan hosil bo'lgan. Tuxumdonning po'stloq qavatida birlamchi, yani ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.63 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.63 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga