Bachadon va tuxumdonlar kasalliklari

Bachadon va tuxumdonlar kasalliklari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Bachadon va tuxumdonlar kasalliklari - rasmi

Material tavsifi

Bachadon va tuxumdonlar kasalliklari Reja: Bachadonning kasalliklari. Tuxumdonlar kasalliklari va funksiyalarining buzilishlari. O'tkir endometrit (Endometritis). Bachadon shilliq pardasining yallig'lanishi bo'lib, hamma turdagi hayvonlar uchraydi va hayoti davomida yuzaga keladigan bepushtlikning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Yallig'lanish mahsulotlarning ta'sirida jinsiy hujayralar nobud bo'ladi yoki zigota fagotsitozga uchraydi. Bachadon shilliq pardasining yallig'lanishi natijasida tuxumdonlar ko'pincha ikkilamchi tartibda shikastlanadi (sariq tana turib qoladi, follikulalar yorilmaydi, yallig'lanishga uchraydi va h.k.) va follikullarning etilishi izdan chiqadi. O'tkir endometrit giperemiya va bachadon shilliq pardasining shishi bilan kechadi. Giperemiyaning zo'rayishi bilan tomirlarning ektravazatsiyasi, yani qon zardobi va hatto, shaklli elementlarining tomirlar devori orqali bachadon hujayralari orasidagi bo'shliqqa sizib chiqishi kuzatiladi. Sabablari. Bachadon shilliq pardasi ko'pincha mikroorganizmlar (streptokokk, stafilokokk, ichak tayoqchasi va b.)ning qindan yoki qon tomirlari orqali o'tishidan yallig'lanishi mumkin. Patologik tug'ishlarda bachadonning jarohatlanishi, ajralmay qolgan homila pardalarining chirishi, bachadon involyutsiyasining sekinlik bilan (bachadon atoniyasi) kechishi endometrit paydo bo'lishiga sasa bo'ladi. Hayvonlarni noto'g'ri asrash va parvarishlash, oziqalar tarkibida vita'minlar va mineral moddalar yetishmasligi va matsionning etarlicha bo'lmasligi oqibatida ko'pincha bachadonning involyutsiyasi sekinlashadi. Hayvonni sun'iy urug'lantirishda aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilinmasligi, shuningdek, kasal hayvonlarni urug'lantirgan erkak hayvon urug'lantirganda ham jinsiy yo'llarga infeksiya tushishi mumkin. kechishi. Bachadon shilliq pardasining yallig'lanishi tashqaridan qaraganda mahalliy jarayon tarzida o'tadi. Lekin organizm rezistentligining pasayishi, qon va limfa tizimiga mikroorganizmlar tushganda umumiy kasallik sepsis (septietsmiya, piemiya) vujudga keladi. Vaginal tekshirishda bachadon bo'ynining shilliq pardasi tiqinga o'xshab do'ppayib turadi, qizargan va bir oz bo'rtgan bo'ladi, bachadon bo'yni kanali ochiq turadi, qin tubida ekssudat to'planib turadi. Kataral endometritda ekssudat xira, kul rang va yopishqoq, yiringli endometritda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.86 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.86 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga