Bakteriologik o'choq. O'ta havfli infeksiyalar o'chog'i Bakteiologik qurol ommaviy qirg'in vositalaridan hisoblanadi. Odamlar, hayvonlar va o'simliklarda yoppasiga kasallik qo'zatadigan va o'lim olib keladigan patogen mikroblar yoki ularning zaharli mahsulotlari bakteriologik qurol deb ataladi. Ular turli harbiy aslahalar: bomba, artilleriya snaryadlari, maxsus changlatuvchi yoki konteynerlar, aeorozolli sachratuvchilar vositasida qo'llanishi mumkin. Havo bilan aralashib odamlarni va hayvonlarni har-xil kasalliklarga yo'liqtirishi mumkin. Vabo, sibir yarasi, butsellyoz, tulyaremiya, o'lat, qorachechak kabi kasalliklar misol bo'ladi. Bakteriyali zararlanish markazi deb bakterial qurolning ta'siriga giriftor bo'lgan ellar markazi, qishloq xo'jaligi obyektlariga aytiladi. Zararlanish markazining aylana tevaragiga qurolli qorovullar qo'yiladi va ro'xsatsiz bu yerga kirish chiqish qatiyan taqiqlanadi. Xalq orasida yuqumli kasalliklarni oldini olish uchun kompleksli epidemiyaga qarshi sanitariya - ozodlik ishlari olib boriladi. Observatsiya - bakteriologik qurol o'chog'ida shaxsiy tarkibga nisbatan bazi cheklash choralarini qo'llashdan iborat. Zararlangan o'choqda bo'lgan harbiylar tibbiy nazoratga olinadi. Har kuni ularning sog'ligi surishtirilib, bemorlar alohidalanadi. Bu o'choqqa tashqaridan odam kirishi cheklanadi, suv va ovqat ta'minoti sifati ustidan nazorat kuchaytiriladi. O'choqdan harbiylarni boshqa joyga ketishi ro'xsat etilmaydi. Observatsiya muddati, gumon qilingan kasallik yashirin davrining eng uzoq muddati mobaynida deb, qism qumondoni buyruq bilan belgilanadi. Karantin - observatsiyaga nisbatan kuchliroq cheklash tadbiri hisoblanadi. Unda bakteriologik qurol o'chog'i butunlay alohidalanadi. Bu tartibni saqlash uchun o'choq qo'yiladi. O'choqda kirish-chiqishla butunlay taqiqlanadi. Shu joydagi harbiylar kichik guruhlarga bo'linib ajratib yuboriladi. Ular doimiy tibbiy nazorat ostida bo'ladilar. Zarur bo'lgan profilaktik va sanitariya-gigiyena tadbirlari amalga oshiriladi. Kaantindagi odamlarni suv, oziq-ovqat va ashyolar bilan ta'minlash SNP orqali shifokorlar nazorati ostida amalga oshiriladi. Karantinni tugatish muddati ham qumondon bo'yrug'i bilan belgilanadi. ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.92 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.92 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:47 ]
Arxiv ichida: doc