Balantidiaz - rasmi

Material tavsifi

Balantidiaz Reja: Tarixi. Etiologiyasi. Epidemiologiya. Subklinik shakli Surunkali retsidiv shakli Profilaktikasi. Tarixi. Balantidiaz bilan kasallangan bemor haqida birinchi bo'lib, 1857 yilda shved olimi P.H.Malmsten aytib o'tgan. U ich ketish bilan og'rigan 2 nafar bemor najasida balantidiylarni ajratib olgan va birinchi bo'lib bemorlarda kasallik patologik anatomiyasini yozib qoldirgan. N.S.Soloveva (1901) ishlaridan keyin balantidiylar to'qima ichi paraziti ekanligi aniqlangan va balantidiaz mustaqil nozologik forma qilib shakllantirildi. Etiologiyasi. Trofozoit B. coli ikkiga bo'linish yo'li bilan ko'payadi, lekin malum bir davrlarda konyugatsiya tipida jinsiy jarayon sodir bo'lishi mumkin. Trofozoit infuzoriylari tashqi muhit ta'sirlariga chidamsiz va tezda o'ladi, fekaliyda ular 5-6 soatgacha saqlanishi mumkin. B. coli tsistalari shaklda bo'lib, diametri 50-60 mkm, ikki qavatli po'stloq, makro va mikronukleoidli yadro va bazida vakuola xam mavjud. Epidemiologiya. Balantidiaz - ichak zoonozi. Balantidiylarning yuqishida sabzavotlar, tuproq va sinantroplar chivinlar qo'shimcha omillar bo'lib hisoblanadi. Kasallanish ko'proq cho'chqachilik rivojlangan Osiyo davlatlarida (Xitoy, Filippin va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarida), Shimoliy va Janubiy Amerika davlatlarida (Braziliya, Venesuela), Afrika (Misr, Kongo, Mavriki, Sudan) va Gavayya davlatlarida uchraydi. Patogenez. B. coli ning shilliq osti qavatiga migratsiyasi natijasida limfotsitar, gistiotsitar va segment yadroli infiltratsiyali yallig'lanish shishi, bazida bir biriga qo'shiluvchan mikroabtsesslar yuzaga keladi. Klinikasi. Balantidiaz kechishiga ko'ra turlari: 1. Subklinik; 2. O'tkir; 3. Surunkali: uzluksiz va qaytalanuvchi. Subklinik shakli umumtoksik belgilar va ichak disfunksiyasining bo'lmasligi bilan xarakterlanadi. Bunda kasallik endoskopik tekshiruvlar natijasida yo'g'on ichak shilliq qavatidagi chegaralangan kataral-gemorragik o'choqlar va alohida yaralarda; jigar funksional sinamalari buzilishi va eozinofiliya kuzatilishi mumkin. O'tkir shaklida kasallikning yengil, o'rta og'ir va og'ir kechish turlariga bog'liq holda umumiy intoksikatsiya belgilari va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.4 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.4 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga