Bemor parvarishining ahamiyati va usullari REJA: l.Bemorni parvarish qilishning ahamiyati. 2.Parvarish qiluvchining vazifalari. 3.Bemor ruhini tetiklashtirish. 4.Bemorning shaxsiy gigiyenasi. 5.Yotoq yara, oldini olish. 6.Bemor yotgan xonaning sanitariya-gigiyenasi. 7.Parhez taomlar, sun'iy ovqatlantirish, turlari. 8.Bemorda o'tkaziladigan tibbiy tekshiruvlar va muolajalar Bemorni parvarish qilishning ahamiyati. Parvarish davolanishning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki u bemor ahvolini yengillashtirishga, sog'ayishiga ishonch hosil bo'lishiga imkon beradi. Shu bilan birga davolanish jarayonining muvaffaqiyatli o'tishini ta'minlaydigan tadbirlar kompleksini o'z ichiga oladi. Parvarishni oila sharoitida bemorning qarindosh-urug'lari olib borsa, shifoxona sharoitida tibbiyot hamshirasi va kichik tibbiyot xodimi olib boradi. Parvarish qilish 2 turga bo'linadi: l.Maxsus parvarish. Bunda muayyan kasalliklar: jarrohlik, ginekologik, urologik, stomatologik va boshqa kasalliklar bilan og'rigan bemorlarda olib boriladi. 2.Umumiy parvarish. Parvarishning bu turi kasalliklar xarakteriga aloqador bo'lmagan hollarda o'tkaziladigan tadbirni o'z ichiga oladi (ichki kasalliklar, ko'z kasalliklari va boshqa). Parvarish qiluvchining vazifalari: - Dorilarni ichirish, in'yeksiya qilish, tomizish, surtish va hokazo; - Gorchichnik, banka, kompress, bog'lam qo'yish, ingalatsiya qilish, me'dani yuvish, klizmaning har xil turlarini bajarish, zuluk qo'yish va boshqalar; - Shaxsiy gigiyena tadbirlarini o'tkazish. Bemorni yuvintirish, yotoq yaralarning oldini olish, ich kiyimlari va choyshablarini almashtirish, ovqatlantirish va tabiiy zaruriyatlarda og'ir holatdagi bemorga yordam ko'rsatish; - Bemor yotgan xonada sanitariya-gigiyena sharoitini ta'minlash; - Bemorga tegishli tibbiy hujjatlarni to'ldirish; bemor bilan xushmuomalada bo'lish, uning kayfiyatini ko'tarish; bemor iltimoslarini iloji boricha, o'z vaqtida bajarish; gazeta va jurnallar o'qib berish; sog'ayib ketishiga bemorda ishonch hosil qilish; - Bemorni yuvintirish; - Teri, soch, ko'z, quloq, burun, og'iz bo'shlig'i va tirnoqlarni parvarishlash; - Kiyimlari, choyshablarini almashtirish; - Bemor yotgan xonaning tozaligi, harorati ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.9 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.9 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:49 ]
Arxiv ichida: doc