Bemorlarni so'rab surishtirish va fizik tekshirish usullari

Bemorlarni so'rab surishtirish va fizik tekshirish usullari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Bemorlarni so'rab surishtirish va fizik tekshirish usullari - rasmi

Material tavsifi

Bemorlarni so'rab surishtirish va fizik tekshirish usullari Reja: Tashqi ko'rik. Paypaslash (palpatsiya). Kasallik anamnezi bolaning (3-4 yoshdan katta), ota-onalar, buvisi, bobosi, yasli va bog'chasi tarbiyachilari, maktab o'qituvchisi, shuningdek bolani nazorat qiluvchi shifokorlar, pediatr va poliklinikaning otorinolaringologi tomonidan bildirilgan ma'lumotlarga asoslanib tuziladi. Bolaning kasalxonaga olib kelingan paytdagi oxirgi ma'lumotlari, ayniqsa, muhimdir. Quloq kasalligining umumiy belgilari (tana harorati, bosh og'rig'i, badan uvishishi, ko'p terlash, umumiy holatning yomonlashishi, intoksikatsiya) va spetsifik belgilariga (o'z-o'zidan paydo bo'ladigan quloq og'rig'i yoki paypaslash paytida og'riq bo'lishi, shovqin, bosh aylanishi, muvozanatning buzilishi, eshitishning bir yoki ikki tomonlama pasayishi, tashqi eshitish yo'lidan ajralma oqishi, quloq bitib qolishi) etibor qaratiladi. Ushbu simptomlarning barchasi turli xil omillarga (bolaning yoshi, oldingi kasalliklar va h.k.) qarab turlicha talqin etiladi. Masalan, quloqdan ajralma kelishi tashqi va o'rta quloqning yallig'lanishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin, o'rta quloq yallig'lanishi va eshitish nervining zararlanishida shovqin bo'ladi va h.k. Anamnezni to'liq to'plash uchun namuna-so'rovnama sxemasi taklif etiladi. Quloq kasalligi alomatlari birinchi marta qachon paydo bo'lgan? Bu qanday alomatlar edi: og'riq, quloqdan ajralma oqishi, eshitish qobiliyatining pasayishi, bosh aylanishi? Quloq kasalligi bilan og'rishdan oldin nima bo'lgan (gripp, nafas yo'llari infeksiyasi, qizamiq, skarlatina, difteriya, o'tkir tumov)? Shifokorga murojaat qildingizmi, qanday tashxis qo'yildi, qanday davo o'tkazildi? To'liq tiklanish bo'ldimi: og'riq qoldimi, quloqdan ajralma oqishi to'xtadimi, eshitish qobiliyatini tiklandimi? Quloq kasalligi bilan og'rishdan oldin burunning holati qanday bo'lgan, bola tez-tez shamollab turganmi, nafas yo'llari retsidivlari, bolalar infeksiyalari bilan og'riganmi, epidemik parotit, quloq jarohatini o'tkazganmi? Quloqdan oqqan ajralmalar qanday bo'lgan: shilimshiq, yiringli, qonli, hidli yoki hidsiz, ko'p yoki kam? Bolaning eshitish funksiyasi biror marta ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.72 KB
Ko'rishlar soni 169 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.72 KB
Ko'rishlar soni 169 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga