Bepushtlik. Bepusht ayol salomatligi muammolari Reja: Bepushtlikning oldini olish choralari Bepushtlikning ruhiy jihatlari (aspektlari) Bepushtlik deganda - balog'atga (voyaga) yetgan organizmning urug'lanish (homilador bo'lish) qobiliyati yo'qligi tushuniladi. Birlamchi, ikkilamchi, ayollar va erkaklar bepushtligi tafovut qilinadi. Butunjahon Sog'liqni Saqlash tashkiloti (BJSST) tavsiyasiga ko'ra muntazam ravishda jinsiy hayotda yashaydigan, homiladorlikdan saqlovchi vositalardan foydalanmaydigan ayollarda bironta ham homiladorlik bo'lmasa (1 yil davomida) birlamchi bepushtlik deyiladi. Ikkilamchi bepushtlik esa ilgari anamnezida homiladorlik bo'lib, muntazam jinsiy hayotda yashovchi, homiladorlikdan saqlanmagan ayollarda, keyingi bir yil davomida homiladorlik bo'lmasligidir. Erkak lardagi bepushtlik (birlamchi va ikkilamchi) voyaga yetgan erkak organizmining urug'lantirish qobiliyati bo'lmasligidir. Bepushtlikni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar xotin-qizlar va erkaklar jinsiy a'zolarining turli xil yallig'lanish kasalliklari, organizmning taraqqiyot nuqsonlari va boshqa omillar hisoblanadi. Ayniqsa jinsiy yo'l orqali yuqadigan kasalliklar (JYOYuK) eng ko'p uchraydigan sabablaridan biridir. Bepushtlik nafaqat ayol uchun balki oilaviy juft va qarindosh urug'lar uchun ham turli muammolar keltirib chiqaruvchi holatdir, shuning uchun ham reproduktiv salomatlik markazlari bepushtlikning sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish borasidagi faoliyatlarini kengaytirmoqlari lozim. Erkaklar orasida ham tegishli davolash-profilaktika chora-tadbirlarini olib borishlari zarur. Turli mamlakatlarda va aholi qatlamlari orasida bepushtlik turlicha tarzda uchraydi va u mintaqada JYOYuK tarqalganligi kasallikni o'z vaqtida aniqlash va davolash chora-tadbirlari qo'llanilmaganligi, abortlar va uning asoratlari hamda akusherlik va ginekologik xizmatning qay darajada tashkil etilganligi bilan chambarchas bog'liqdir. Bundan tashqari atrof-muhitning tozaligi, ovqatlanish shartsharo itlari, irsiy omillar ham muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda ko'pchilik mualliflarning ma'lumotlariga ko'ra bepushtlik 10% dan 20%gacha uchraydi. Erkak va ayollarda mo'tadil ravishda urchish (homiladorlik, tug'ruq qobiliyatlari) qobiliyati quyidagi omillarga bevosita bog'liq. BEPUSHTLIKNING OLDINI OLISH ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.39 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:50
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.39 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:50 ]
Arxiv ichida: docx