Bezgak Reja: Etiologiyasi. Epidemiologiyasi. Patogenezi. Klinikasi. Tashxisoti. Profilaktikasi. Bezgak- odam protozoy transmissiv kasalliklar guruhiga kirib, Anopheles turkumiga mansub chivin orqali tarqaladi. Retikulogistiotsitar tizim va eritrotsitlarning zararlanishi, isitma paroksizmlari, anemiya va gepatolienal sindrom bilan xarakterlanadi. Etiologiyasi. Bezgak qo'zg'atuvchilari bir hujayralari mikroorganizm bo'lib protozoa tipi, Sporozoa sinfiga, haemosporidea otryadi, plazmodi oilasi, plazinodium avlodiga mansub. Plazmodiylarning 60 dan ortiq turi mavjud bo'lib, bezgakning 4 xil turi: Plasmodium vivax- 3 kunlik bezgak qo'zg'atuvchisi; Plasmodium malaria - 4 kunlik bezgak qo'zg'atuvchisi Plasmodium ovale- 3 kunlik bezgakka o'xshash; Plasmodium falciparum - tropik bezgak qo'zg'atuvchisi farqlanadi. Bezgak plazmodiylari biologik va immunologik xususiyatlari bilan, dori preparatlariga sezuvchanligiga qarab farqlanadi. Bezgak qo'zg'atuvchisining hayot sikli 2 ta faza -jinsiy va jinssiz sikldan iborat bo'lib - xo'jayinlarning almashishi bilan bog'liq. Jinsiy faza (sporogoniya) chivin organizmida (asosiy xo'jayin), jinssiz faza (shizogoniya) - odam organizmida (oraliq xo'jayin) rivojlanadi. Qo'zg'atuvchisi bo'lgan chivin odamni chaqqanda, so'lagidagi sporozoitlar qonga tushib, jigarga borib gepatotsitlar ichiga kiradi va shizontlarga aylanadi, shizontlar bo'linishi natijasida merozoitlar hosil bo'ladi (100-400 gacha). To'qima (ekzoeritrotsitlar) shizogoniya davomiyligi Pl. falciparum- 6 kun, pl. malaria- 15 kun, pl. ovale- 9 kun, pl. vivax- 8 kun. Ekzoeritrotsitlar rivojli genetik determinatsiyalangan. A.Ya. Lyasenko (1976) taklifiga ko'ra, jigarga kirgandan so'ng tez rivojlansa taxisporozoitlar, uzoq pauzadan keyin rivojlansa bradisporozoitlar deyiladi. Ekzoeritrotsitlar shizogoniya natijada hosil bo'lgan merozoitlar eritrotsitlar ichiga kirib eritrotsitar shizogoniya boshlanib, klinik belgilar boshlanadi. Eritrotsitar shizogoniya davomiyligi Pl. falciparum, pl. vivax, pl. ovale-48 soat, pl. malaria- 72 soat. Eritrotsitlar parchalanishi natijada merozoitlar plazmaga chiqadi, bir qismi o'lib, qolgani yana eritrotsitlar ichiga kirib, sikl takrorlanadi. Eritrotsitar shizogoniya natijada merozoitlarning ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
61.93 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
61.93 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:51 ]
Arxiv ichida: doc