Biofarmatsiya, fani kelib chiqish zaruriyati. Biofarmatsiya fani asoschilari. Biofarmatsiya texnologiyaning nazariy asosi Reja: 1. Biofarmatsiya- texnologiya fanining nazariy asosi. 2. Biofarmatsiya fanining kelib chiqish sabablari. 3. Abu Ali Ibn Sino - biofarmatsiya asoschisi. 4. Dori turlari organizmga tushganda yuz beradigan jarayonlar. Biofarmatsiya - texnologiyaning nazariy asosi bo'lib, birinchi marta farmatsiyada XX asrning 60-yillaridan qo'llanila boshlandi. Adabiyotlardagi ma'lumotlarga qaraganda, biofarmatsiya atamasini birinchi marta 1961 yilda AQSH olimlari Levi va Vagnerlar ishlatishgan.Bu atamaning aniq va to'liq ifodasi 1972 yilda Amerika farmatsevtika assotsiatsiyasining ilmiy farmatsevtika Akademiyasi tomonidan keltiriladi. Bunga binoan biofarmatsiyaning asosiy vazifasi dorilarning odam va hayvonlarda biologik faolligiga ta'sir ko'rsatadigan omillarni o'rganish va shunga binoan ularning terapevtik unumdorligini oshirish va qo'shimcha ta'sirini kamaytirish.Aslida qadim zamonlardayoq dorilarning terapevtik unumdorligiga tasit etuvchi ayrim omillar malum bo'lgan.Jumladan, Gippokrat (eramizdan oldingi 460-370 yillar) dorilarning faolligi uning turiga va tayyorlash jarayoniga bog'liqligini, Galen (130-200-yillar) va Ibn Sino (980-1037-yillar) esa maydalik darajasiga ham bog'liqligini amaliyotda isbotlaganlar. Demak, bundan 3-5 ming yillar ilgariyoq biofarmatsiya omillari o'rganila boshlangan. Ibn Sino bu omillarga asoslanib, dori haqidagi o'z bilimlarini nazariy asoslarini va atamalarini yaratdi. U odamning mijozi va dorilarning xususiyatlariga qarab, ularni terapevtik unumdorligini oldindan aytib bera olgan. Dorilarni Ibn Sino ikki qismdan tashkil topgan deb qaragan: 1-ta'sir etuvchi , 2-yordamchi moddalar. Yordamchi moddalar sifatida: to'ldiruvchi, bog'lovchi, yumshatuvchi, qovushqoqligini oshiruvchi turg'unlashtiruvchi moddalar, noxush xidni va mazasini yaxshilovchi, ta'sirini uzaytiruvchi, qoplovchi kabilardan foydalangan. Ko'pincha shu maqsad uchun asal ishlatilgan. Chunki asalni Ibn Sino hamma dorilarning toji deb atagan. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga qaraganda, biofarmatsiya tushunchasiga amerikalik olimiar Levi va Vagner emas, vatandoshimiz Ibn Sino ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.02 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.02 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:51 ]
Arxiv ichida: doc