Biologik obyektdan suv bug'i yordamida ajratib olinadigan zaharli moddalarni tahlil usullari. Fenol, alkilgalogenidlar FYeNOL (karbol kislotasi). Fenol, krezollar, anilin, nitrobenzol, amil spirti uchun tahlil olib borishda distillyatga natriy gidrokarbonat qo'shib, so'ng efir bilan chayqab ularni ajratib olish, efirni uchirib, moddalar kontsentratsiyasini oshirish lozim bo'ladi. Toksikologik ahamiyati. Fenol xalq xo'jaligida, kimyo sanoatida keng qo'llaniladi. Formaldegid bilan birga plastmassalar sintezida qo'llaniladi. Bo'yoq moddalar, salitsil va pikrin kislotasini olinishida xom ashyo hisoblanadi. Fenolning 3%-eritmasi antiseptik vosita sifatida qo'llaniladi. Fenol zaharli. Odam tanasiga tegsa kuydiradi. Teri orqali tez so'riladi va odamni zaharlaydi. Zaharlangan odam oshqozon sohasida kuchli og'riq sezadi, so'ng og'riq yo'qolib, uning rangi oqaradi. Havo yetishmasligi sababli ko'karadi, bosh aylanadi, yurak faoliyati susayadi, tana harorati pasayadi, tirishadi va o'lim yuz beradi. Oz miqdor bilan zaharlanganda qusish, ich ketishi, bosh aylanishi va peshobda qon paydo bo'lishi mumkin va 1-2 kunda bemor vafot etadi. Murdani tekshirilganda fenol ta'siridan kuygan joylar qattiq, quruq, kul rangli bo'ladi, oshqozon tirishib nihoyatda kichrayganligi, buyrak kattalashganligi va ichi qonga to'lganligi, miyada qon quyilganligi malum bo'ladi. Ichki a'zolardan fenol hidi sezilib turadi. Fenol organizmda sulfat kislota bilan murakkab efir hosil qiladi va peshob bilan chiqariladi. Shuningdek, organizmda oksidlanib gidroxinon va xingidron kabi rangli moddalar hosil qiladi: fenol gidroxinon xinon xingidron Fizik xossasi. Toza fenol tiniq kristall modda, o'tkir hidga ega, suvda yomon eriydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Ochiq havoda oksidlanadi va qizg'ish tusga kiradi. Fenol 181,40S qaynaydi, suv bug'i bilan haydaladi, ishqorda yaxshi eriydi. Sifat tahlili. Fenolni aniqlash uchun distillyatni ajratgich voronkaga o'tkaziladi va ishqoriy sharoitgacha NaHCO3 qo'shiladi. Distillyat 3 marta ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
136.21 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
136.21 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:52 ]
Arxiv ichida: doc