Biologik obyektdan suv bug'i yordamida ajratib olinadigan zaharli moddalarni tahlil usullari Tsianid kislotasi Suvsiz, sof HCN gaz yoki rangsiz suyuqlikdan iborat bo'lib, juda past haroratda, yani 25,6°S da, qaynay boshlaydi. Sovutish natijasida esa -13,3°S da tolasimon kristallar hosil qiladi, yoqsa alangalanadi, o'tkir achchiq bodom hidli, suv va spirt bilan hap qanday nisbatda aralashadi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Solishtirma og'irligi 15°S da 0,7 ga teng. Ochiq havoda juda tez uchadi. HCN tarkibida, uning tautomer shakli - izotsian kislota ham bo'ladi. Bu kislota tsianid kislotaga qaraganda ancha zaharlidir. HCN Izotsian kislota HCN juda kuchsiz, uning dissotsiatsiya konstantasi 7,2.10-10 ga teng. Shuning uchun bu kislota tuzlari nihoyatda tez gidrolizlanadi. Gidrolizlanish jarayoni SO2 gazi va suv bug'i ishtirokida ayniqsa tez boradi. Tabiatda tsianid kislotasi sof holda uchramaydi. Suvli eritmalarda tuzlaridan tashqari tsianid kislotani o'zi ham parchalanadi. HCN va tuzlarining xuddi ana shu xoss alariga ko'ra ashyoviy dalilni darhol tahlil qilish tavsiya etiladi, aks holda biologik obyekt tarkibida HCN o'rniga zaharsiz modda hosil bo'lib qolishi mumkin. Toksikologik ahamiyati. HCN va uning tuzlari juda kuchli zaharli moddalardan hisoblanadi, ular inson organizmiga boshqa har qanday zaharli moddaga qapaganda tez ta'sir qiladi. Tsianid kislotasi hujayralarda temir moddasini saqlovchi nafas olishda qatnashuvchi tsitaxromoksidaza fermentini ishdan chiqaradi va natijada kislorodagi qondan to'qimalarga o'tish mexanizmi buziladi. Qonda kislorod etarli bo'lishiga qaramasdan hujayralarda u etishmaydi. Tsianid kislotasi nafas yo'li bilan va qisman teri orqali organizmga o'tishi mumkin. Tsianidlar esa og'iz orqali tushadi. HCN va tuzlari halq ho'jaligida ayniqsa rangli metallarni rudalardan ajratib olishda keng qo'llanadi. Chunki tsianidlar oltin va kumush bilan suvda ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
448.82 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
448.82 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:52 ]
Arxiv ichida: doc