Biologik obyektni mineralizatsiyalab (kuydirib) ajratib olinadigan zaharli moddalar guruhi. Metall kationlarini organizmdagi faoliyati Bu guruhga kiruvchi zaharli hamda kuchli ta'sir etuvchi moddalar o'z tarkibida og'ir metallar, margimush (As) va surma (Sb) larni saqlaydi. Kimyo-toksikologik tahlillarda 13 metall kationiga tekshirish o'tkaziladi. Metall saqlovchi zaharli moddalarni organizmda so'rilishi va undan ajralishi nafas yo'llari (alveollalarda), oshqozon-ichak shilliq pardalarida, qon tomirlar va turli membranalarda sodir bo'ladi. Organizmga tushgan birikmalar turli o'zgarishlarga uchraydi. Masalan: RbSO3 yoki VaSO3 oshqozonga tushib, uning sharbati tarkibidagi kislota ta'sirida xloridlarga o'tadi. Ichak va oshqozon osti bezi sharbatining ishqoriy muhiti ta'sirida karbonatlarga aylanadi, yo'g'on ichakda esa metallar sulfidlarini hosil qiladi. Metall birikmalari oshqozon-ichak tizimida, asosan, ingichka ichakda qonga so'riladi. Metall saqlovchi birikmalarni organizmda so'rilishi ularni tushish vaqtida qanday birikma shaklida bo'lishiga bog'liq. Noorganik birikmalarga nisbatan metall-organik birikmalar yaxshi so'riladi. Metall va metallmas birikmalar organizmda bir holatdan ikkinchi holatga o'tib turadi. Bunday o'zgarishlar zaharli birikmalarni organizmda so'rilishi, tarqalishi, tashilishida va undan chiqarilishida sodir bo'ladi. O'zgaruvchan valentli metall birikmalari organizmda oksidlanadi va qaytariladi. Masalan: As+5, As+3 holatiga, yani yanada kuchliroq zaharli ta'sirga ega holatga o'tadi va oqsillar bilan barqaror komplekslar hosil qiladi. Metall holdagi simob yuqori valentgacha (Hg+2 ) oksidlanib, kuchli zaharli ta'sir qiladi. Simob, qo'rg'oshin, mis, rux, kadmiy, nikel, kobalt kabi metallar oqsillar (peptid yoki aminokislotalar) bilan barqaror koordinatsion birikmalar (albuminatlar) hosil qiladi. Masalan: Gistidin yoki tsistein 2 tsistein + Me+2 yani oqsillar, peptid va aminokislotalardagi -COOH , -SH , -NH2 kabi funksional guruhlar bilan metallar kompleks hosil qiladi. Shuningdek, nuklein va limon kislotalari hamda -OH, RO3H, -SO3H guruhlari ham kompleks hosil ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
68.03 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
68.03 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:52 ]
Arxiv ichida: doc