Biologik tadqiqotlarda radioimmunologik usulining qo'llanilishi Reja: Radioaktivlik holat darajasini aniqlash. Radioimmunologik usullar. Radioaktivlik holat darajasini aniqlash. Hozirgi vaqtda dunyoning ko'pgina hududlarida yadro obyektlarida yuz bergan texnogen haloqatlar oqibatida radioekologik vaziyat keskin izdan chiqishi qayd qilinadi. Bu holat samarali ta'sirga ega radioprotektor preparatlarni yaratish masalasining dolzarbligini belgilab beradi. Radiatsion nurlanishning salbiy ta'siridan himoyalanish va nurlanish kasalligiga qarshi ishlatiluvchi moddalar umumiy nom bilan radioprotektorlar deb nomlanadi. Radioprotektorlar sifatida amaliyotda tarkibida oltingugurt atomi mavjud bo'lgan preparatlar (tsistamin), serotonin hosilalari (meksamin), glitserat efiri (batilol), kaliy yodid, enteral sorbentlar, kompleksonlar (pentatsin, ferrotsin), farmakologik preparatlar (leykogen, zimozan suspenziyasi, aktovegin), turli xil surtma malhamlardan (tezan, parmidin surtmasi, dieton surtmasi) foydalaniladi. Radioprotektor (lotin tilida radius - nur va protector - himoya qilmoq degan manoni anglatadi) - biologik organizmning ionlashtiruvchi nurlanish ta'siriga chidamliligini oshiruvchi kimyoviy modda hisoblanadi. Bu yo'nalishdagi dastlabki muvafaqqiyatli sinov tajribalari 1949-yilda amalga oshirilgan. Radioprotektorlar hujayrada amalga oshuvchi fizik-kimyoviy jarayonlar, moddalar almashinuvi faolligiga ta'sir ko'rsatish orqali radiatsion nurlanishning salbiy ta'sirini susaytiradi. 1945-yilda yuz bergan «Xirosima-Nagasaki fojeasi»dan keyin radiobiofizika fan sohasi rivojlanishida yangi davr boshlangan. Yani, radiatsion nurlanishning odam organizmiga ta'sir oqibatlari aniqlangan, shuningdek nurlanish kasalligiga qarshi davolash va profilaktika nuqtai nazaridan samarali vositalarni yaratish yo'nalishida ilmiy tadqiqotlar boshlangan. 1955-yilda Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) tomonidan Atom radiatsiyasining odam organizmiga ta'sirini o'rganish bo'yicha qo'mita tashkil qilingan. Ionlashtiruvchi nurlanish ta'siri davomida yoki ushbu ta'sirdan keyin, odam organizmida radiatsion zararlanishga qarshi ta'sir ko'rsatuvchi har qanday modda - radioprotektor (Radioprotective agent) sifatida qayd qilinishi mumkin. Umumiy holatda, radioprotektorlar 3 ta guruhga tasniflanadi: Profilaktik moddalar (Prophylactic agents); Mitigatorlar (Mitigators); Terapevtik (davolovchi) moddalar. Profilaktik ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
358.24 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:52
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
358.24 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:52 ]
Arxiv ichida: docx