Biologiya o'quv xonasi

Biologiya o'quv xonasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Biologiya o'quv xonasi - rasmi

Material tavsifi

Biologiya o'quv xonasi Reja: Biologiya xonasini umumiy ko'rinishi. Biologiya xonasiga qo'yiladigan talablar. Biologiya xonasida mavjud jihozlar. Biologiya xonasini umumiy ko'rinishi. Biologiya o'quv xonasini jihozlash va uni yil davomida boyitib borishni hisobga olish, undan foydalanish uchun har doim tayyor holda turishini ta'minlash asosiy vazifalaridan biridir. Biologiya o'quv fani asosan tirik organizmlar to'g'risida bilim beruvchi fan. Biologiya o'quv fanini DTS talablari asosida o'qitish, tirik organizmlar ustida ko'rgazmali va amaliy usullarni qo'llash asosida mashg'ulotlar o'tkazishga imkon beradigan moddiy bazani tashkil etishni talab etadi. Biologiya xonasi 2ta: dars olib boriladigan xona, laboratoriya ishlari olib boriladigan, zarur jihozlar, asboblar, jismlar, jadvallar saqlanadigan, tirik tabiat burchagi xonasidan iborat bo'ladi. O'quv va laboratoriya xonalari kerakli asboblar bilan jihozlangan maxsus xonalarda tashkil qilinadi. O'quv xonasi jihozlanganda fanining mazmunini to'liq qamrab olgan bo'lishi kerak. Kabinet old tomonida doska, o'ng tomonida televizor, chap tomoniga kompyuter qo'yiladi. Doskaning chap tomoniga o'simlik va hayvon hujayrasi stend yoki modeli o'ng tomonida organik olam rivojlanish evolyutsiyasi, oyna tomoniga xonagullari, orqa tomoniga biologiyaning bo'limlari bo'yicha shkaflar va bu shkaflarga har bir bo'limga tegishli bo'lgan jihozlar qo'yish kerak. Shkafning tepa tomoniga biologiya faniga katta xissa qo'shgan olimlar jumladan, Ye.P.Karovin, I.A.Raykova, T.Z.Zohidov, A.A.Muzaffarov, Yo.X.To'raqulov, B.O.Toshmuhammedov, J.A.Musaev, A.Abdullaev kabilarning portretlari qo'yiladi. Fan xonasi jihozlari alohida har bir biologiya fani talablariga javob beradigan muayan tizimda joylashtirilishi lozim. Tajriba o'tkazish uchun mo'ljallangan asboblar so'ngi fan texnika yutuqlari darajasida bo'lishi, texnik estetikasi, xavfsizlik texnikasi, mehnat gigiyenasi talablariga javob berishi lozim. Shu sababli o'quv va laboratoriya xonalari o'quv asbob uskunalaridan foydalanishda zarur bo'lgan umumiy talablar mavjud. O'quv va laboratoriya xonalari, undagi jihozlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.84 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:52 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.84 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga