Biologiyadan fakultativ mashg'ulotlarni tashkil etish Reja: Biologiyadan o'tkaziladigan fakultativ mashg'ulotlarning didaktik maqsadi va vazifalari. Fakultativ mashg'ulotlarning mazmuni va mohiyati. O'simliklar hayoti fakultativ mashg'ulotining mazmuni va o'tkazish yuzasidan tavsiyalar. Uzluksiz ta'lim tizimida biologiyadan o'quvchilarning fan asoslarini mustahkam va chuqur o'zlashtirishga bo'lgan qiziqishlari va ehtiyojlarini rivojlantirish, o'zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo'llash, kasbga yo'naltirishni amalga oshirish, tajriba qo'yish va kuzatish o'tkazish, qo'shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini shakllantirish, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish maqsadida o'qitish jarayonining yangi shakli fakultativ mashg'ulotlar tashkil etiladi. Fakultativ mashg'ulotlar kamida 34 soatga mo'ljallangan bo'lib, o'quv yili davomida haftasiga 1 soat yoki yarim yilda haftasiga 2 soatga mo'ljallangan bo'lib, mazkur mashg'ulotlar darsgacha yoki darsdan keyin o'tkaziladi. Biologiya o'qituvchisi fakultativ mashg'ulotlarning guruhlarini o'quvchilarning hohish-istagi asosida bir sinf yoki parallel sinf o'quvchilaridan tuzadi, guruhlarda o'quvchilar soni 10 tadan kam bo'lmasligi kerak. Fakultativ mashg'ulotlar uchun o'quv soatlari harakatdagi o'quv rejadagi maktab ixtiyoriga berilgan soatlar hisobidan ajratiladi. Fakultativ mashg'ulotlarning samaradorligini oshirish uchun o'qituvchi o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradigan, mantiqiy, mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirishga imkon beradigan o'qitish metodlari, vositalari va shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi. Fakultativ mashg'ulotlarda o'quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlariga keng o'rin berish barobarida ma'ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari, ekskursiyalardan foydalaniladi. Fakultativ mashg'ulotlarning didaktik maqsadi: Biologiya fanining turli sohalari bo'yicha o'quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, biologiyani o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirish, uzluksiz ta'lim tizimining keyingi turlarida o'qishni davom ettirish uchun tanlashga yordam berish; O'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, tabiatning moddiy birligini uning yaxlitligini ilmiy tasavvur qilish, tabiatda sodir bo'layotgan voqea va hodisalarning tabiiy-ilmiy sabablarini bilish, sabab-oqibat bog'lanishlarini tushunishga imkon yaratish; O'simliklarni parvarish qilish ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.52 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:52
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.52 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:52 ]
Arxiv ichida: docx