Biologiyani o'qitishning o'ziga xos xususiyatlari

Biologiyani o'qitishning o'ziga xos xususiyatlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Biologiyani o'qitishning o'ziga xos xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida biologiyani o'qitishning o'ziga xos xususiyatlari Reja: O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida biologik ta'lim mazmuni. Biologiyadan davlat ta'lim standartlarining tahlili. Biologiyani o'qitishda kasbiy yo'naltirilganlik. Biologiyani o'qitishda tizimli yondashuvni amalga oshirish. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida biologik ta'lim mazmuni. Uzluksiz ta'lim tizimining mustaqil turi bo'lgan o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida biologiyani umumta'lim fani sifatida o'qitish yagona o'quv dasturi asosida tashkil etilsa-da u ikki yo'nalishda amalga oshiriladi. Akademik litsey o'quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o'stirish, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan bilim olishlarini ta'minlaydigan muassasa ekanligini hisobga olgan holda, biologiyani o'qitishda ilmiy-nazariy masalalarga keng o'rin berish, o'quvchilarning chuqur o'zlashtirayotgan fani bilan fanlararo bog'lanishlarni amalga oshirish, ularning qiziqishlari va ehtiyojlari, mustaqil, ijodiy va mantiqiy fikr yuritish, tajriba qo'yish va kuzatish ko'nikmalarini rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish masalalariga etiborni qaratish, ilmiy-tadqiqot institutlarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar mazmuni va natijalari, biolog olimlarning hayoti, ularning fan rivojiga qo'shgan hissalari bilan tanishtirish, uchrashuvlar tashkil etish tavsiya etiladi. Kasb-hunar kollejlarining o'quvchilari tanlagan kasblari bo'yicha ixtisoslik olishlarini nazarda tutgan holda biologiyani o'qitishda ko'proq amaliy masalalarga, ayniqsa qishloq xo'jalik, tibbiyot, o'rmonchilik, baliqchilik, oziq-ovqat, yengil sanoat, hamda xalq xo'jaligining boshqa sohalarida biologiyaning tutgan o'rniga ahamiyat qaratiladi. O'quv yurtining ixtisosligiga bog'liq holda jamoa, fermer, o'rmonchilik xo'jaliklari va tibbiyot muassasalariga ekskursiyalar uyushtirish, tabiatni muhofaza qilishning nazariy va amaliy masalalariga etiborni qaratish lozim. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida biologik ta'lim mazmuni davlat ta'lim standartlari bilan me'yorlangan, shu asosda o'quv dasturi tayyorlangan va unga muvofiq holda darslikning yangi avlodi yaratilgan. Biologiyadan davlat ta'lim standartlarining tahlili. Biologiya darsligida o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyatini faollashtiradigan, mustaqil ishlashi va ijodiy fikr ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.58 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:52 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.58 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga