Bir qavatli va ko'p qavatli epiteliy, yassi epiteliy, kubsimon, silindrsimon, ko'p qatorli va ko'p qavatli epiteliy REJA Odam va hayvonlarda uchraydigan bir qavatli epiteliy to'qimasi tuzilishi Bir qavatli, bir qatorli yassi epiteliy tuzilishi va vazifasi Mezoteliyning qiyosiy gistologik elementlari Ichak epiteliysining embrion davri Epiteliyning bu tari ham o'z navbatida bir necha xillarga bo'linadi va har qaysisi o'ziga xos fiziologik vazifani bajaradi va o'ziga xos morfologik tuzilishga ega bo'ladi; odam va hayvonlarning turli organlarida uchraydi va shu organlar yuzasini qoplab turadi. Bir qavatli epiteliy hujayralarining barchasiga xos xususiyatlardan biri ularning bazal membrana ustida joylashib, u bilan bevosita tutashgan bo'lishi va o'z trofikasini ta'minlashidir. Yuqorigi erkin yuzalari esa bajaradigan vazifasiga qarab turlicha differensiallangan, ya'ni o'ziga xos morfologik tuzilishga esa bo'ladi1. Bu epiteliy hujayralarining shakliga ko'ra yassi, kubsimon, silindirsimon (prizmasimon) bo'ladi. Ularning yadrosi bir xil tekislikda, ya'ni bir qatorda joylashadi. Shunga asoslanib, uni bir qatorli epiteliy deyiladi. Agar bir qavatli epiteliy har xil shaklda bo'lib, yadrolari har xil tekislikda, ya'ni har xil qatorda joylashsa, uni ko'p qatorli epiteliy deyiladi. Bir qavatli bir qatorli epiteliy (mezoteliy). Bu epiteliy sut emizuvchi hayvonlar va odam o'pka pufakchalari, seroz bo'shliqlari devorining plevra pardasi hamda yurak haltasi yuzasini, charvi va qorin pardasining visseral hamda parietal varaqlarini qoplab turadi. mezoteliy nomi organizmning embrional rivojlanishi davrida embrionning mezoderma varaqlaridan hosil bo'lganligiga qarab berilgan. Sut emizuvchi hayvonlar va odamda uchraydigan bir qatorli yassi epiteliy (mezoteliy)ning boshqa epiteliylardan farqi uning aksariyati tashqi muhit bilan boliq bo'lmagan organlar yuzasini qoplab turishidadir. Tuban hayvonlarda esa (masalan, lansetnikda) embrion rivojlanishining boshlanich davrlarida hosil bo'ladigan ikkilamchi ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.4 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.4 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:53 ]
Arxiv ichida: doc