Biriktiruvchi to'qimaning zararlanishi bilan kechadigan diffuz kasalliklar

Biriktiruvchi to'qimaning zararlanishi bilan kechadigan diffuz kasalliklar

O'quvchilarga / Tibbiyot
Biriktiruvchi to'qimaning zararlanishi bilan kechadigan diffuz kasalliklar - rasmi

Material tavsifi

Biriktiruvchi to'qimaning zararlanishi bilan kechadigan diffuz kasalliklar Reja: Sistemali qizil yuguruk Yuvenil revmatoid artrit Artritlar Reaktiv artrit SISTYeMALI QIZIL YuGURUK Sistemali qizil yuguruk - etiologiyasi noaniq, sistemali autoimmun revmatik kasallik bo'lib, immun-boshqaruv mexanizmi- dagi genetik nuqson asosida rivojlanadi. Bunda yadro tarkibiga nisbatan keng spektrli organospetsifik autoantitelolar va immun komplekslar ko'p miqdorda ishlab chiqariladi va ular to'qimaning immun yallig'lanishiga hamda ichki organlar funksiyalarining buzilishiga olib keladi. TAShHICOT MYeZONLARI Anamnezi: Irsiy moyillik, yaqin qarindosh, egizaklarning kasalliklari va HLA tizimi bo'yicha alohida kasalliklarning markerlari aniqlanishi, transplatsentar o'tadigan surunkali uzluksiz infeksiya, sekinlik bilan ta'sir etadigan viruslar (retroviruslar). Quyidagilar hal qiluvchi omil hisoblanadi: stressli vaziyatlar, sovkotish, giperinsolyatsiya, oqsil va kimeviy preparatlarni noto'g'ri qo'llash. Klinik mezonlar: SQYuni tashxislash belgilariga (Amerika revmatologlar assotsiatsiyasi mezonlari, 1982) quyidagilar kiradi: eritematoz «kapalak», diskoid toshma, fotodermatit, ogiz bo'shlig'i shilliq qavatlarida yaralar, artrit, serozit (plevrit, perikardit), buyrak va markaziy asab tizimining jarohatlanishi. Klinik belgilarning qolganlari va ko'p uchraydiganlari (gavda harorati oshishi, distrofiya, limfoadenopatiya va b.) qo'shimcha mezonlarga kiritilishi lozim. Yuqorida qayd etilgan 8 ta mezondan bolalarda tashxislash uchligi (teri sindromi, artrit, poliserozit) etiborni o'ziga tortadi: Teri sindromi: o'z ichiga 28 xil toshmalarni (eritematoz doglardan to og'ir bullyoz o'zgarishlargacha) oladi. Patognomonik belgi bu «kapalak» - burun usti va atrofida eritema. Surunkali kechishida 25% bemorlarda giperemiya, infiltratsiya, follikulyar giperkeratoz va chandiqli atrofiya bilan kechadigan diskoid o'choqlar paydo bo'ladi. Bolalarda ko'pincha og'iz bo'shlig'i shilliq qavatlarining nuqtali gemorragiyali enantemasi va eroziyasi uchrab, og'riqsiz eki ovqat istemol qilinayotganda og'riq bilan kechadi. Bu jarayonning zo'rayishida enantemalar oq chandiqlarga aylanadi. SQYu da ko'p hollarda teleangioektaziya va teri quruqligi, diffuz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 51.78 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 51.78 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga