Bo'g'oz hayvonlarning kasalliklari Reja: Bo'g'oz hayvonlarga tashqi omillarning ta'siri. Abortlar. Bo'g'oz hayvonlarda uchraydigan kasalliklar. Bo'g'oz hayvonlar kasalliklarini davolash va oldini olish choralari. Abort (Abortus) deganda - bo'g'ozlikni vaqtidan ilgari uzilishi yani homilaning nobud bo'lishi, keyin uning organizmiga shilimishi, o'zgargan homilaning bachadonda ushlanib qolishi yoki tashqariga chiqarilishi tushiniladi. Bola tashlash barcha qishloq xo'jalik hayvonlarida uchrashi mumkin. Shuning uchun chorvachilikka iqtisodiy jihatdan katta zarar keltiradi. Bu zarar nafaqat nasldor hayvonlar sonining, balki ularning go'sht, so't, jun va boshqa mahsuldorligining keskin kamayishi bilan ham ifodalanadi. Ko'pincha bola tashlashdan so'ng hayvonda uning asorati sifatida jinsiy a'zolarning kasalliklari rivojlanadi, bu esa hayvonni doimiy qisirligiga olib keladi, bazan kasallik tufayli hayvon nobud bo'ladi. Yuqumli va invazin kasalliklar tufayli bola tashlash hayvonlarda biologik sabablar: urg'ochi hayvon organizmiga mikroorganizmlar, viruslar yoki zamburug''larning tushishi oqibatida kuzatiladi. Bunday bola tashlash barcha turdagi qishloq xo'jalik hayvonlarida kuzatilishi mumkin. Yuqumli kasalliklar natijasida bola tashlashga sigir, qo'y va cho'chqalarning brutsellyoz, sigirlarning vibrioz kasalliklari oqibatida bola tashlashi, invazion (idopatik) kasalliklar oqibatida bola tashlashga urg'ochi hayvonlarning trixomonoz kasalligi tufayli, simptomatik bola tashlashga hayvonlarning gemosporidioz va gelmintozlar bilan kasallanishi oqibatida bola tashlashi misol bo'ladi. Brutsellyoz bilan kasallangan sigirlar ko'pincha bo'g'ozlik davrning 5-7 oyida, birinchi marta tug'ayotgan gunojinlar esa bazida undan ertaroq (4 oyida) bola tashlaydi. Bunda hayvonning jinsiy a'zolari shishib ketadi va undan yiring aralash shilimshiq suyuqlik oqa boshlaydi. Homila bachadondan har doim ham chiqavermaydi va chirib ketadi. Sigirlar vibroz kasalligi bilan og'riganda ularning homilasi 1-8 oylikkacha muddatda o'ladi va bola tashlaydi. Tashlangan bola ko'pincha biroz shishgan bo'ladi, bola tashlagan hayvon jinsiy azosidan dastlab qon aralash, ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.66 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.66 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:55 ]
Arxiv ichida: doc