Bo'g'ozlikni aniqlash usullari Reja: Hayvonlarda bo'g'ozlikni aniqlashning ahamiyati. Bo'g'ozlikni aniqlashning klinik usullari. Bo'g'ozlikning laborator diagnostikasi. Barcha chorvachilik xo'jaliklarida hayvonlar bosh sonini ko'paytirish ishlarini to'g'ri tashkil etishda ona hayvonlarning quyidagi uch holati har kuni nazorat qilib borilishi lozim: 1. Bo'g'ozlik; 2. Tug'ishdan keyingi (servis) davr (tug'ishdan keyingi 3-4 hafta); 3. Qisirlik. Hayvonlarning bo'g'ozligini o'z vaqtida aniqlash chorvachilik fermalarida hayvonlarni urug'lantirishni nazorat qilish, podani qayta to'ldirishni rejalashtirish va chorvachilik mahsulotlari etishtirishni ko'paytirish imkonini yaratadi. Bo'g'ozlikning aniqlashning ahamiyati shundan iboratki, hayvonlarning qisir qolish sabablarini o'z vaqtida aniqlash, shunga qarab o'z vaqtida qisir qolgan hayvonlarni qayta urug'lantirish ishlarini yo'lga qo'yish imkoniyatini beradi. Hayvonlar bo'g'ozligini oldindan aniqlash ularni yakka tartibda aniq hisobga olish, bo'g'oz hayvonlar uchun molxonalar tayyorlash, xizmatchilar shtatini belgilash, sigirlarni sutdan chiqarish muddatini belgilash, bo'g'oz hayvonlarni tug'dirishga tayyorlash, sog'in davrini rejalashtirish, bo'g'oz biyalarni ishlatishni tartibga solish va ular uchun oziqa ratsionini hayvonning fiziologik holatiga qarab tuzish imkoniyatini beradi. Qisir (bepusht) deb jinsiy voyaga etgandan keyingi bir oy ichida urug'lantirilmagan g'unojinlar va tuqqandan keyingi bir oy (45-60 kun) davomida urug'lanmagan sigirlar tushuniladi. Bo'g'ozlikni tekshirishda aseptika va antiseptika qoidalari va texnika xavfsizligi qoidalariga qatiy rioya qilish kerak: Tekshirish paytida maxsus kiyimlarda (xalat, fartuk, chepchik, qo'lqop) ishlash. Tekshirishlar oldidan qo'l tirnoqlarini kalta qilib olish, qo'llarni sovun bilan tozalab yuvish va ularni dezinfeksiyalovchi eritma bilan artish yoki maxsus qo'lpoqlar kiyish. Tekshirish vaqtida faqat yuqumsizlantirilgan asboblardan, yuqori sifatli yuqumsizlantiruvchi eritmalardan foydalanish. Bo'g'ozlikni tekshirish vaqtida texnika havfsizlik qoidalariga rioya qilish, hayvonga jarohat yetkazish va hayvonni tekshirish paytida mutaxassisning o'ziga har xil jarohatlar etishining oldini olishga imkoniyat beradi. Shuning uchun ...

Joylangan
18 May 2024 | 10:59:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.27 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 10:59 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.27 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:55 ]
Arxiv ichida: doc