Bolalar kasalliklari Suvchechak - o'tkir virusli kasallik, havo-tomchi yo'l orqali yuqadi. U isitmasimon holat, butun tana bo'ylab qizil toshmalar va donachalar paydo bo'lishi bilan namoyon bo'ladi. Kasallikning takroran kuzatilishi kamdan-kam hollarda qayq qilinadi. Odatda insonlar hayoti davomida bu kasallikka bir marta duchor bo'lishadi. 1990-yillarning o'rtalariga kelib kasallikka qarshi vaksina kashf etilganligi sababli hozirgi kunda kasallanishlar soni keskin kamaygan. Suvchechak qo'zgatuvchisi Varicella Zoster virusi bo'lib, o'lchami yirik, oddiy yorug'lik mikroskopida ko'rinadi. Kasallikning 3-4-kunidan boshlab toshmalar ichidagi suyuqlikda aniqlanadi. Virus tashqi muhitga chidamsiz bo'lib, quyosh nurlari ta'siri, qizdirish, ultrabinafsha nurlari ostida tezda nobud bo'ladi. Organizmdan tashqarida uning yashovchanligi o'rtacha 10 daqiqani tashkil etadi. Qo'zg'atuvchi 3-tip gerpes guruhi viruslariga mansub. Virusni ko'rinishi Kasallikka ta'sirchanlik 70 foizni tashkil etadi. Bemorlar kasallikni toshma toshishidan 24 soat oldin va toshmalarning usti qobiq bilan qoplanguncha muddat oralig'ida atrofdagilarga yuqtirishi mumkin. Aksariyat hollarda virus bilan zararlanish kasallangan kishi bilan aloqa qilish natijasida yuzaga keladi. Keng tarqalgan yuqish yo'llari: So'lak; Yo'tal; Aksa urish; Pufakchalardagi suyuqlik bilan aloqa qilish. Kasallik asosan 6 oylikdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarga ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari, homilador ayollar kasallanganda, homila ham suvchechak bilan kasallanishi ehtimoli mavjud bo'ladi. Bu bolada tug'ma nuqsonlarga olib kelishi mumkin, masalan badbasharalikka. Kasallik shifo topganidan so'ng organizmda barqaror immunitet hosil bo'ladi. Toshma kattaligi 2-4 mm bo'lgan qizil donachalardan iborat. Ular bir necha soatdan keyin papulaga aylanadi, keyin esa vezikulaga. 1-3 kun o'tgach, vezikulalar yuzaki qobiq (yara) qoldirib quriydi. Shu bilan birga, shilliq qavatda asta-sekin enantema - sarg'ish-kulrang yuzaki qobiq hosil bo'ladi. Suvchechakning inkubatsion davri 7-21 kun davom ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
301 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:57
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
301 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:57 ]
Arxiv ichida: pptx