Bolalar otorinolaringologiyasi tarixi Reja: Bolalar otorinolaringologiyasi Bolalarda quloqning tug'ma nuqsonlarini jarrohlik yo'li bilan davolash Tibbiyot olamida burun, tomoq va quloq kasalliklariga qiziqish hali otorinolaringologiya alohida fan sifatida shakllanmasidanoq paydo bo'lgan. Buyuk anatom va pediatr K.A. Rauxfus (1835-1915) bir qator maqolalarida subxondral laringitni tasvirlab berdi va o'simtani olish uchun ilk bor hiqildoqni kesishni (laringofissura) haqida nashr qildi. Uning Hiqildoqni kauterizatsiya va intsiziyasi, Hiqildoq hosilasini olib tashlash haqida, Hiqildoq va tomoq kasalliklari kabi ilmiy ishlari chop etilgan bo'lib bolalar otorinolaringologiyasining rivojlanishida dastlabki qadam bo'ldi. K.A. Rauxfus bolalar sog'lig'ini saqlashni tashkillashtirish va jamoat arbobi sifatida ham taniqlidir. Uning rahbarligi ostida Parijdagi butun jahon ko'rgazmasida (1898) namunali deb topilgan bolalar shifoxonasi uchun loyiha ishlab chiqildi. Keyinchalik ushbu loyiha osongina Moskvadagi eng yirik bolalar shifoxonalaridan biri Vladimir Syatoviy kasalxonasini (sobiq Rusakovskiy kasalxonasi) qurish uchun asos bo'ldi. Deyarli 40 yil davomida A.K. Rauxfus o'zining loyihasi, asosida yaratilgan va uning nomini olgan Sank -Peterburgdagi 250 o'rinli bolalar shifoxonasini boshqargan. A.Ya. Galebskiy va A.S. Deneslar bolalar otorinolaringologiyasining rivojlanishiga o'z xissalarini qo'shdilar. V.N. Nikitin tomonidan Burun-xalqumda adenoidni o'sishi nomli ishning yozilishi, N.P. Simanovskiyning Yuqori nafas yo'llarini yallig'lanish kasalliklarida adenoid to'qimasi (1910) maqolasining yozilishi va ko'pgina bajarilgan ishlar bronxoskopni rivojlanishi uchun asos bo'ldi. Bu davrda eshitish qobiliyatini yuqotish, karlik, va karsoqovlik sohasidagi tadqiqotlarga katta qiziqish uyg'ondi va kar bolalar uchun dastlabki ixtisoslashtirilgan muassasalar ochildi. 20-yillarning o'rtalari va 30-yillarning boshlarida mamlakatimizda onalik va bolalik masalalariga qiziqishning keskin oshishiga olib keldi. Keyinchalik M.G. Lichkus boshchiligidagi 50 o'rinli birinchi bolalar LOR bo'limi ochildi. Uning ilmiy ishlari Bolalardagi quloq kasalliklarining xususiyatlari (1937) asosan quloq ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.78 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.78 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:57 ]
Arxiv ichida: doc