Bolalar otorinolaringologiyasi Reja: Eshitish suyakchalari So'rg'ichsimon o'siqcha (processus mastoideus) Yuz nervi (p. facialis) Labirint qismi Ichki quloq. Nog'ora bo'shlig'ining yuqori devori (paries tegmentalis) nog'ora bo'shlig'ini chakka va miyaning tepa bo'lagi hamda kalla tubining o'rta chuqurchasidan qisman ajratib turadi. Bazi hollarda nog'ora bo'shlig'ining tomi (tegmen tympani) deb nomlanuvchi ushbu devor juda yupqa bo'lib qoladi va karioz jarayon bilan yengil emiriladi. Tashqi devorni (paries membranaceus) nog'ora pardasi va ingichka suyak plastinkasi (attiko-lateral devori) hosil qiladi. Nog'ora bo'shlig'i tuzilishi quyidagilarda namoyon bo'ladi. Chaqaloqlarda nog'ora bo'shlig'ining hajmi (tirqishi) embrional biriktiruvchi to'qimaning yo'g'on shilliq osti qavati sababli ancha tor bo'ladi va u keyinroq, regressiya jarayonida kengayadi. Bola tug'ilganda o'rta quloq bo'shliqlari embrional miksoid to'qimadan iborat bo'ladi. Bu to'qima g'ovak, yumshoq ilviragan bo'lib, o'zida dumaloq o'sish hujayralari, ko'p miqdorda shilliq va oz miqdorda tomirlarni saqlaydi. Unda kiprikli epiteliy bilan qoplangan tirqishsimon bo'shliq mavjud bo'ladi. Nog'ora bo'shlig'ining miksoid to'qimalardan xalos bo'lishi bola tug'ilishidan boshlanadi. Miksoid to'qima odatda bola hayotining 1-yilida so'rilib yo'qolib ketadi, ammo u bolalarda 3-4 yoshgacha va hatto kattalarda ham saqlanib qolishi mumkin. Rezorbtsiya jarayoni ko'plab sabablarga ko'ra yuzaga keladi; chaqaloqning birinchi qichqiriq yig'isi bilan havo eshitish naychasi orqali nog'ora bo'shlig'iga kirib boradi. Miksoid to'qimaning parchalanishi va tirqishlarning paydo bo'lishi hamda uning yetuk biriktiruvchi to'qimaga aylanishi sodir bo'ladi. Bundan tashqari, o'rta quloqqa tutash tomirlarning, xususan bo'yintiruq venasi piyozchasi pulsatsiyasi ham ahamiyatga molik bo'ladi. Miksoid to'qimaning rezorbtsiya jarayoni avval nog'ora bo'shlig'ining quyi qismida, keyin o'rta qismida va oxirgisi, quloq pardasida sodir bo'ladi. Embrion to'qimaning teskari rivojlanishi natijasida havo o'tkazish bo'shliqlari va kataklar hosil bo'ladi. Miksoid to'qimalarning ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
228.72 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
228.72 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:57 ]
Arxiv ichida: doc