Bolalar psixik-asab, ko'rish-eshitish tizimi kasalliklari. REJA: 1.Bolalar psixik-asab tizimi kasalliklari: - nevrozlar (nevrosteniya, isteriya, psixasteniya); - duduqlanish; - qaltiroq (tuku); - enurez. 2.Ko'rish-eshitish a'zolari kasalliklari: - yaqindan ko'rish; - uzoqdan ko'rish; - daltonizm; - g'ilaylik; - konyuktivit; - eshitishning buzilishi; - otit. Bolalar psixik-asab tizimi kasalliklari. Nevrozlar. Nevrozlar 3 turda bo'ladi: nevrosteniya, isteriya, psixosteniya. Nevrosteniya nevrozi. Bu kasallik ko'pincha zehnli, o'ta ishchan, qobiliyatli o'smirlarda aqliy zo'riqish tufayli kelib chiqadi.O'smir injiq, serjahlli bo'lib qoladi, boshi og'riydi, uyqusi buziladi, tez charchaydi, xotirasi pasayadi, o'zining bilim va qobiliyatiga ishonchsizlik paydo bo'ladi, bajargan ishini qayta-qayta ko'zdan kechiradi, natijada aqliy va jismoniy charchash-zo'riqish toboro kuchayaveradi. Isteriya nevrozi. Bu kasallik fikrash qobiliyati uncha rivojlanmagan, oilada tarbiyasi noto'g'ri bo'lgan, erkatoy, fe'l-atvorida xudbinlik, o'jarlik nuqsonlari bo'lgan bolalar va o'smirlarning ruhiy zo'riqishi natijasida yuzaga keladi. Bola, o'smir ota-onasi, o'qituvchisi, atrofdagilarning aytganlarini o'jarlik bilan teskarisini qiladi. Maktabga o'z vaqtida borish, darslarga faol qatnashish kabi taklifga baqirish, yig'lash, qo'l-oyoqlarini tipirchilatib talvasa qilish, qornida, yuragida og'riq paydo bo'ldi, deb bahona qilish yoki ko'rpaga o'ralib, hech kim bilan gaplashmasdan yotib olish kabi yoqimsiz fe'l-atvorlar bilan ajralib turadi. Kuzatuvlarga qaraganda bunday o'smirlar ulg'ayganida o'jar, urushqoq, qonunbuzar, har xil bahonalar bilan o'zini kasallikka solib shifoxona xodimlarining ham asabini egovlaydigan bo'ladilar. Psixasteniya nevrozi. Aksariyat hollarda bu kasallik tinch-totuvligi bo'lmagan, vahimalar bilan yashaydigan oilalarning bolalarida uchraydi.Bunday bola-o'smirda hayajonlanish kuchli bo'ladi. Masalan, o'qituvchi doska oldiga chaqirib, o'tilgan mavzuni so'raganida hovliqib, qo'rqib o'zini yo'qotib quyadi.Bu kasallikka uchragan ayrim o'smirlar o'ta oriyatli bo'lib qoladi. Shu sababli ular tinimsiz aqliy mehnat bilan shug'ullanadi.Buning natijasida ruhiy charchash tobora kuchayib boradi, o'ta charchash ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.02 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.02 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:58 ]
Arxiv ichida: doc