Bolalar yuqumli kasalliklarining SHVP va QVP larda o'tkaziladigan reabilitatsiyasi va dispanserizatsiyasi

Bolalar yuqumli kasalliklarining SHVP va QVP larda o'tkaziladigan reabilitatsiyasi va dispanserizatsiyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Bolalar yuqumli kasalliklarining SHVP va QVP larda o'tkaziladigan reabilitatsiyasi va dispanserizatsiyasi - rasmi

Material tavsifi

Bolalar yuqumli kasalliklarining ShVP va qVP larda o'tkaziladigan reabilitatsiyasi va dispanserizatsiyasi Reja: 1. Yuqumli kasalliklarni o'tkazgan bemorlarning kasallikning yuqish yo'liga qarab dispanserizatsiyasi. 2. O'tkir yuqumli ichak infeksiyalari (O'YuIK) ni o'tkazgan bemorlarning dispanserizatsiyasi. 3. havo-tomchi infeksiyalari (hTI) ni o'tkazgan bemorlarning dispanserizatsiyasi. 4. Virusli gepatitlar (VG) ni o'tkazgan bemorlarning dispanserizatsiyasi. 5. Bemorlarning yoshi va uyushtirilganligiga qarab ularni dispanserizatsiya va reabilitatsiyadan o'tkazish. 6. Yuqumli kasalliklar xonasining tuzilishi va hujjatlari. Dispanserizatsiya - bu aholi sog'lig'ini saqlash, kasalliklarning oldini olish va ularni erta aniqlash, o'z vaqtida davolash, zo'rayib ketishiga yo'l quymaslik, mumkin qadar bemorlarni yana mehnat va to'laqonli hayotga qaytarishga yo'naltirilgan ijtimoiy-gigiyenik va davolash - profilaktik kompleks tadbirlar sistemasidir. Yuqumli kasalliklar bilan og'rigan bemorlar statsionardan chiqishida 10 kungacha muddatga cho'zilishi mumkin bo'lgan «yopilmagan» kasallik varaqasi bilan chiqariladi, shuningdek ularga kasallik tashxisi, laboratoriya va boshqa tekshirishlar natijalari, kasallikning kechishi, statsionardagi davolash uslublari haqida qisqacha ma'lumot, hamda kasallikdan tuzalayotgan bemorlar (rekonvalestsentlar)ning keyinchalik nazoratiga doir tavsiyanomalar beriladi. Boshdan kechirilgan kasallikning klinik xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir bemorga individual yondashuv, qo'shimcha kasalliklarning, maishiy va san'atoriya gigiyenik sharoitlarning mavjudligi - dispanser nazoratining zaruriy shartlaridan hisoblanadi. Rekonvalestsentlarning dispanser ko'rigi kompleks tarzda bo'lishi, davolash profilaktik tadbirlar nazorat tekshiruvidagi samaraliligiga qarab muntazam ravishda almashtirilib turilishi kerak. Dispanserizatsiya samaraliligini oshirishda kasallikni boshdan kechirganlar va bemorlar orasidagi tushuntirish ishlarini olib borish yaxshi yordam beradi, chunki har bir tibbiy tadbirlarda ishtirokchilarning ongli tarzda qatnashishi muvaffaqiyat garovidir. Dispanser nazoratining maqsadi - kasallikning qaytalanishi va surunkali shaklga o'tib ketishining oldini olish, retsidiv va surunkali kechishni o'z vaqtida tashxislash, bakteriya tashuvchanlikni aniqlash va turdagi bemorlarni o'z vaqtida boshqalardan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.94 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.94 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga