Bolalarda qon va qon yaratish a'zolarining AFX. Bolalarda anemiyalar Qon va qon yaratish a'zolarining AFX Qon suyuq to'qima bo'lib, organizmdagi hamma hujayralarni yuvuvchi, ularga kislorod tashuvchi va modda almashinuvining hamma turini taminlovchi tizimdir. Qon plazma hamda shaklli elementlardan: eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlardan iboratdir. Tomirlardan oquvchi qon quyidagi vazifalarni bajaradi Transport (tashuvchilik) vazifasini: a) to'qimalarga ozuqa modda va kislorodni yetkazib beradi. b) to'qimalardan modda almashinuvining oxirgi (koldiq) mahsulotlarini olib ketadi. v) bez hujayralarida hosil bo'lgan gormonlar va fiziolognk aktiv moddalarni boshqa hujayralarga olib boradi (etqazadi). Tomirlardan oquvchi qon quyidagi vazifalarni bajaradi Himoya funksiyasi : bu bevosita qondagi fagotsitozga layoqatli leykotsitlar, - hamda yot oqsillarni parchalovchi, mikroorganizmlar, ularning toksinlarini zararsizlantiruvchi immun tanachalari bilan asoslanadi. Qon hosil bo'lishi (gemopoez) Qon hosil bo'lishi (gemopoez) - qon yaratuvchi a'zolarda qonning shaklli elementlarini hosil bo'lishi, rivojlanishi va shakllanishidir. Birinchi qon yaratish jarayoni 19 kunlik embrionni hamma tomondan o'rab turgan sariqlik xaltachasining qon hosil qiluvchi orolchalarida boshlanadi. Dastlab bosh o'zak hujayralar - megaloblastlar hosil bo'ladi. Bu qisqa vaqtli gemopoez davri embriondan tashqari yoki megaloblastik kon hosil bo'lish davri dsyiladi. Qon hosil bo'lishi (gemopoez) 6 xaftadan keyin 2- chi maksimum 5 oygacha davom etuvchi davr -jigar, davri boshlanadi. - Bu davrda megaloblastlar sekin asta eritroblastlarga aylanadi. -Embrional hayotning 3-4 oyidan boshlab gemopoezga taloq xam qo'shiladi.* Bunda eritrotsitopoez, granulotsitopoez va megakariotsitopoez jarayonlari kechadi. - Aktiv limfopoez esa taloqda biroz kech muddatlarda embrional rivojlanishining 7 oyidan boshlanadi. Qon hosil bo'lishi (gemopoez) Qon hosil bo'lishining uchinchi davri 4-5 oydan boshlanib, bu davrlar doimiy qonning shaklli elementlarini ishlab chiqaruvchi suyak ko'migi davridir. ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.28 MB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.28 MB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: pptx