Bolalarda quloq tuzilishining xususiyatlari Reja: Tashqi quloq. Tashqi eshituv yo'lida quloq chirkini Tashqi quloq. Yangi tug'ilgan chaqaloqning quloq suprasi juda yumshoq, noelastik, shakl chegaralari (konturlari) deyarli ifodalanmagan, quloq gajagi va yumshog'i hayotining faqat 4-yilining oxiriga kelib shakllanadi. Tug'ilish paytida yumaloq bo'lib tuyuladi: balandligi va kengligi deyarli bir xil, o'sish juda tez, ayniqsa, hayotning 1-yilida sodir bo'ladi. 15 yoshga kelib quloq suprasi o'sishi butunlay tugaydi. Bolalarda kosmetik jarrohlik ko'rsatmalarini aniqlashda ushbu xususiyatlar inobatga olinishi kerak. Quloq suprasining tuzilishi (1-rasm): gajak (tragus); supacha (helix); qarshi supacha (antihelix); bolishsimon gajak (antitragus); supra bo'shlig'i (cavum conchae). Rasm 1. Quloq suprasining tuzilishi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda tashqi eshituv kanali yaxshi rivojlanmagan: u kalta, tor, ichki suyak qismi qo'shimcha fibroz tog'aysimon halqasi (annulus timpanicus) bilan ifodalgan, u primordial moylovchi (vernix caseosa) moddaga to'lgan bo'shliq ko'rinishida bo'ladi, bu teri epidermisining kichik aralashmasi bilan yog'dan iborat bo'lib, bu esa otoskopiyani bajarishni ancha qiyinlashtiradi. Tashqi eshituv kanalining 4ta devori bor. Old devor nog'ora halqasidan hosil bo'lgan, pastki qismi nog'ora halqasining tugatmasi. Tashqi eshituv naychasining pastki devoridagi yoriqlar orqali (Santorini) parafarengial bo'shliqning xo'ppozlari unga yorilishi mumkin. So'rg'ichsimon o'simta chaqaloqda hali rivojlanmagan bo'ladi, pastki devor bigizsimon (styloid) o'simtasiga birikkan bo'lib, u deyarli gorizontal joylashgan va yuz nervining tushuvchi qismiga bevosita yaqin joylashgan bo'ladi, bu uning parezi yuzaga kelishini osonlashtiradi. Yuqori devor timpanal suyak tarozidan paydo bo'ladi. Orqa devor qisman nog'ora halqadan va qisman nog'ora suyak tarozidan hosil bo'ladi. 1 yoshgacha bo'lgan bolaning tashqi eshituv yo'lida suyak qism bo'lmaydi, shuning uchun tragusga bosilganda nog'ora bo'shliqning devorlariga bosim berilib, bola bezovtalanishi mumkin (tashqi va ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
67.66 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
67.66 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: doc