Bolalarda uchraydigan havo tomchi yo'li bilan tarqaladigan yuqumli kasalliklar Reja: 1. Havo tomchi infeksiyalarining bolalar orasida tarqalishi 2.Qizamiq kasalligi belgilari davolash va oldini olish 3. Suvchechak kasalligi belgilari davolash va oldini olish 4. Bolalar orasida bug'ma kasalligining tarqalishi oldini olish chora tadbirlari 5.Bolalar orasida ko'kyo'tal kasaalligining tarqalishi va uni oldini olish. Havo tomchi yo'li orqali yuqadigan yuqumli kasalliklarda mikroblar bemor organizmidan nafas yo'llari orqali chiqib, havo tomchi yo'li bilan tarqaladi. Sog'lom odam organizmiga mikrob nafas yo'llari orqali tushadi. Bolalarda uchraydigan yuqumli kasalliklarga qizamiq, qizilcha, suvchechak, ko'kyo'tal, bug'ma, meningakokliinfeksiya, gripp va boshqa bir qator kasalliklar kiradi. Qizamiq Isitma ko'tarilishi, intoksikatsiya, yuqori nafas yo'llari shilliq qavatining zararlanishi, terida qizil toshmalarni paydo bo'lishi xarakterlanadigan o'tkir yuqumli kasallikdir. Etiologiyasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi juda uchuvchan, tashqi muhitga chidamsiz bo'lgan filtirlanuvchi virusdir. Qizamiq virusi piramiksoviruslar oilasiga kirib, tarkibida RNK - polimeraza, murakkab antigenlar tutadi. Virionning asosiy subbirliklari - gemaglyutilin, gemolizin, nukleokaspid va membrane oqsili immunogenligi darajasi bo'yicha bir-biridan farq qiladi. Qo'zg'atuvchi antibiotiklarga ancha chidamlidir. Epidemiologiyasi. Kasallik manbai faqat qizamiq bilan og'rigan bemor bo'lib, u kasallikning birinchi belgilari paydo bo'lgan davridan boshlaboq atrofidagilar uchun xavfli bo'lib qoladi. Ammo hastalikning 5 kuniga kelib (pnevmoniya asoratlari bo'lgan2-kunidan boshlab), yuqumlilik xususiyatiniyo'qotgan va atrofidagilar uchun xavfsiz bo'lib qoladi. Infeksiya asosan havo tomchi yo'li bilan tarqaladi. Kasallikka moyillik onalari qizamiq bilan og'rib o'tgan, uch oylikkacha bo'lgan chaqaloqlardan boshqa hamma yoshdagi odamlarda ham juda yuqoridir. Yuqumli darajasi 90-95% ni tashkil qiladi. Qizamiq bilan ko'proq kasallanish 1 yoshdan tortib 4-8 yoshgacha bo'lgan bolalarda qayd etiladi. Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri9-10 kunida14 kungacha kamdan-kam 17 kungacha, passiv ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.01 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.01 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:13 ]
Arxiv ichida: doc