Bolalarning jismoniy rivojlanishi Reja: Bolalarning jismoniy rivojlanishi Akseleratsiyaning sababi Bolalarning jismoniy rivojlanishi O'sishning biologik manosi deganda tana kattalashib, organizmning takomillashishi tushuniladi. Shuning uchun ham balog'atga etish o'sishdan to'xtash bilan deyarli bir vaqtga to'g'ri keladi. O'sish tezligi biologik qonunlarga bo'ysunadi, ammo bu jarayon tashqi muhit omillariga ham bog'liq. Bu omillarning bazilari o'sishni rag'batlantirsa, boshqalari unga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Demak, bolalarning jismoniy rivojlanishi baholanganda, irsiyat omillaridan tashqari, ular o'sayotgan ijtimoiy-gigiyenik sharoitlarni han etiborga olish kerak. Jismoniy rivojlanish xalq salomatligini ifodalovchi juda aniq ko'rsatkich. Uning asosida davlat va jamiyat holati haqida ham fikr yuritish mumkin. Badavlat, tinchlikda yashaydigan yurt fuqarolarining jismoniy rivojlanish ko'rsatkichlari ham yuqori bo'ladi. Bolalarning jismoniy rivojlanishini o'rganishda quyidagi belgilar ko'rsatkich sifatida olinadi. Bular: bir yoshgacha bo'lgan davrda bolaning yotgandagi bo'yi, og'irligi, ko'krak qafasi va boshining aylanasi. Kattaroq bolalarda tik turgandagi va o'tirgandagi bo'yi, ko'krak qafasining aylanasi tinch holatda, nafas olganda va nafas chiqarilganda o'lchanadi. Bulardan tashqari, bilak muskullari va gavdaning kuchi dinamometr yordamida aniqlanadi va hokazo. Bolalarning jismoniy rivojlanishini keng ko'lamda o'rganish bolalar gigiyenasi fanining vazifasi hisoblanadi. O'sish fiziologik jarayon bo'lganligi sababli ikki ko'rsatkich asosida (tana uzunligi va vazni) bolalikning turli davrlarida o'sishning jadalligini ko'rib o'tamiz. O'z vaqtida tug'ilgan chaqaloqning bo'yi va tana massasida individual farq ancha sezilarli. Bu ko'rsatkichlarga onaning salomatligi va yoshi, homiladorlik vaqtida ovqatlanishi, homiladorlikning kechishi, birinchi yoki keyingi homiladorlikdan tug'ilish, bolaning jinsi va tashqi omillar ta'sir qiladi. Chaqaloqning bo'yi 45 sm dan 56 sm gacha, o'rta hisobda 48-50 sm ga teng bo'lsa, tana massasi 2500 g dan 600 g gacha bo'lib, o'rtacha 3200-3500 g ni tashkil ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.8 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.8 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:16 ]
Arxiv ichida: doc