Bolalarning yuqumli kasalliklari O'zbekistol Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tibbiyot institutlari talabalari uchun darslik sifatida tasdiqlagan Toshkent Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti 1995 Taqrizchilar II Toshkent tibbiyot instituti yuqumli kasalliklar kafedrasining mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor SH.N.NAZAROV Toshkent tibbiyot pediatriya instituti II bolalar yuqumli kasalliklar kafedrasining mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor D.B.Muhamedov Mahmudov O. S. M 37 Bolalarning yuqumli kasalliklari: Tibbiyot institutlari talabalari uchun darslik.- T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 1995.- 2236.- (Tibbiyot institutlari talabalari uchun o'quv adabiyoti). Darslik tibbiyot institutlarining yuqori kurslarida ta'lim olayotgan talabalarga mo'ljallangan va o'quv dasturiga muvofiq tuzilgan. Unda asosan bolalar orasida eng ko'p uchraydigan yuqumli kasalliklarning nozoologik turlari berilgan, shuningdek bolalarnint yoshiga qarab kasalliklarning kechish xususiyatlari, ularga tashxis qo'yish usullari, ko'pgina hastaliklarni davolashda zamonaviy usullarni qo'llash yo'llari batafsil yoritilgan. SO'Z BOSHI Keyingi yillarda Respublikamizda sodir bo'layotgan ijtimoiy, iqtisodiy tub o'zgarishlar bolalar o'rtasida uchraydigan yuqumli kasalliklarning bir muncha kamayishiga olib keldi. Shu bilan bir qatorda bu kasalliklarni o'z vaqtida aniqlash, ularga to'g'ri tashxis qo'yish hamda kasalliklarga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni ko'rishda ayrim kamchiliklarga yo'l qo'yilmoqda. Bolalar orasida bu kasalliklarning atipik (noaniq), subklinik shakllari uchramoqda. Bu keltirilgan dalillar yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularni o'z vaqtida davolashni takozo etadi. Keyingi yillargacha bu sohaga bag'ishlangan adabiyotlar asosan rus tilida chop etilar edi, hozirgi kunda esa tibbiyot oliygohlarida talabalarni o'qitishning davlat tili - o'zbek tiliga o'tishi o'quv qo'llanmalar, monografiyalar, risolalarni o'zbek tilida chop ztishni talab qiladi. Bu asarlarda bizda uchraydigan kasalliklar kechishining o'lka va regional xususiyatlarini inobatga olgan holda berish lozim. Yuqoridagilarni hisobga ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
266.75 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
266.75 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:16 ]
Arxiv ichida: doc