Bolaning o'sishi va rivojlanishi. Qad-qomat va uning buzilishlari. Sog'liq guruhlari

Bolaning o'sishi va rivojlanishi. Qad-qomat va uning buzilishlari. Sog'liq guruhlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Bolaning o'sishi va rivojlanishi. Qad-qomat va uning buzilishlari. Sog'liq guruhlari - rasmi

Material tavsifi

Bolaning o'sishi va rivojlanishi. Qad-qomat va uning buzilishlari. Sog'liq guruhlari Reja: 1.Bolalik va o'smirlik davrlari. 2.Bolalar va o'smirlar davrlarining xususiyatlari. 3.Bolalar va o'smirlar jismoniy rivojlanishini aniqlash va baholash. 4.Qad-qomat va uning buzilishlari. 5.Sog'liq guruhlari. Bolalik va o'smirlik davrlari. Chaqaloq tug'ilgandan to 18 yoshga kirguncha bolalik va o'smirlik davri hisoblanadi. Bu quyidagi davrlarga bo'linadi: - chaqaloqlik davri - tug'ilgandan-1 oylikkacha; - ko'krak yoshi davri - 2oylikdan-1 yoshga to'lgunicha; - maktabgacha tarbiya yoshi davri - 2-6 yosh; - kichik maktab yoshi davri - 7-11 yosh; - o'rta maktab yoshi davri - 12-14 yosh; - katta maktab yoshi davri - 15-18 yosh; - o'smirlik davri- 12-18 yosh. Bolalar va o'smirlar davrlarining xususiyatlari. Yuqorida ko'rsatilgan bolalik va o'smirlik davrlarining har biri o'ziga xos anatomik-fiziologik va tibbiy-ijtimoiy xususiyatlarga ega. Chaqaloqlik davri. Bola tug'ilishi bilanoq, uning kindigi kesilib, ona organizmidan ajratiladi. Shu vaqtdan u ona tanasidan alohida, mustaqil yashay boshlaydi. Bola bir oylik bo'lguncha chaqaloq hisoblanadi.Bu davr bola uchun eng murakkab davr bo'lib, u tashqi muhitga moslasha boshlaydi.Ma'lumki, bolaning yuragi va katta qon aylanish doirasi, buyraklari, ichki sekretsiya bezlari, qon ishlab chiqarish a'zolari, nerv sistemasi va boshqalar u tug'ilgunigacha ishlab turadi, ba'zi a'zolari esa (nafas, ovqat hazm qilish, kichik qon aylanish doirasi) tug'ilgandan keyin ishlay boshlaydi. Chaqaloqlik davrida bolaning organizmi nihoyatda nozik bo'lib, u har xil kasalliklarga tez chalinadi.Shuning uchun uni parvarish qilish muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan xalqimiz urf-odatiga ko'ra, chaqaloq 40 kunlik bo'lguncha chilla davri deb ataladi.Bu davrda ona va bola juda avaylab ehtiyot qilinadi. Buning natijasida ular har xil kasalliklardan muhofaza etiladi.Bolaning kindigi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.49 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.49 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga