Bosh aylanishlar va tremorlar etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, tashxis qo'yish, qiyosiy tashxislash, davolash, oldini olish, reabilitatsiyasi, dispanserizatsiyasi Reja: Bosh aylanishi Sistem (vestibulyar) bosh aylanishi Nosistem bosh aylanish Tremor Essentsial tremor Torsion distoniya. Gepatolentikulyar degeneratsiya Miyachaning nasliy ataksivalari Bosh aylanishi O'z tanasi va atrofdagi obyektlarni aylanayotgandek yanglish idrok qilish, bosh aylanishi deb aytiladi. Bosh aylanishi polietiologik sindrom bo'lib, bir qator nevrologik, somatik va psixik kasalliklarda kuzatiladi. Bosh aylanishining quyidagi turlari farq qilinadi. Sistem (vestibulyar) bosh aylanishi - atrofdagi obyektlarning muayyan bir yo'nalishda, yani soat strelkasiga qarshi yoki soat strelkasi buylab aylanishi va yer chayqalayotgandek tuyo'lishi bilan namoyon bo'ladigan sindrom. Bunday bosh aylanishi haqiqiy bosh aylanishi deb ham ataladi. Vestibulyar bosh aylanishlar vestibulyar apparatning periferik qismi, yani ichki qulokdagi yarim aylana naylar va vestibulyar nerv zararlanganda hamda uning markaziy qismi, yani miya ustuni (vestibulyar yadro va uning yo'llari), ekstrapiramidal sistema, bosh miya po'stlog'ining chakka va tepa sohalari zararlanganda ro'y beradi. Demak, vestibulyar apparatga aloqador barcha tuzilmalar zararlanishi vestibulyar bosh aylanishiga sababchi bo'ladi. Ammo ushbu bosh aylanishi vestibulyar apparatning periferik qismi zararlanganda kuchliroq namoyon bo'ladi. Vestibulyar apparatni zararlovchi har qanday kasalliklar (vertebrobazilyar yetishmovchilik, KTsJ, IKG, VDS, vestibulyar neyronit, Mener kasalligi, labirintit, intoksikatsiyalar, metabolik buzilishlar, degenerativ kasalliklar va x,.k.) sistem bosh aylanishiga olib keladi. Nosistem bosh aylanish - malum bir xususiyatga ega bo'lmagan va turli simptomlardan (chaykalib ketayotgandek, xushdan ketayotgandek, muvozanatni yo'qotayotgandek, xoldan toygandek, ko'z oldi qorong'ilashuvi) iborat sindrom. Ushbu bosh aylanish vestibulyar apparatga aloqador bo'lmagan sohalar zararlanganda kuzatiladi. Uning asosiy sabablari giperventilyatsion sindrom, ortostatik gipotenziya, arterial gipertenziya, sinkope, yurak aritmiyalari, karotid sinus sindromi, gipoglikemiya, ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.48 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:17
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.48 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:17 ]
Arxiv ichida: docx