Bosh miya travmalarida ruxiy buzilishlar. Psixoorganik sindrom

Bosh miya travmalarida ruxiy buzilishlar. Psixoorganik sindrom

O'quvchilarga / Tibbiyot
Bosh miya travmalarida ruxiy buzilishlar. Psixoorganik sindrom - rasmi

Material tavsifi

Bosh miya travmalarida ruhiy buzilishlar. Psixoorganik sindrom Umumiy tavsifi Bosh miya travmalari - bosh miya va kalla kutisi suyaklarining turli shakl va darajadagi mexanik zararlanishini o'z ichiga oluvchi yigma tushunchadir. Ekzogen turdagi ruhiy buzilishlar ichida bosh miya travmalari alkogolizmdan keyin ikkinchi urinni egallaydi. Bevosita bosh miya jarohatidan keyin yuzaga keluvchi ruhiy buzilishlarning uchrashi, travmaning sharoitlariga bog'liq. Bosh miya travmalari yopiq va ochiq turlariga bulinadi. yopiq bosh miya travmalarida yumshoq koplamalarning butunligi buzilmagan va kalla kutisi ichi bo'shlig'ining yopiqligi saqlanib kolgan bo'ladi. ochiq bosh miya travmalari (jarohatlar) teshib utuvchi va teshib utmagan turlariga bulinadi. BMJ TURLARI Xar qanday bosh miya jarohatlaridagi ruhiy buzilishlar kasallikning uchta davrlariga nisbatan bulinadi. Birinchi (boshlang'ich), bevosita jarohatdan keyin yuzaga keluvchi, 94 - 95% holatlarda xushning yuqolishi bilan kechadi. Buzilishlarning intensivligi chuqur komadan tortib, eng yengil, qisqa vaqtliobnubilyatsiyagacha kuzatiladi. Ikkinchi (o'tkir) davrida ong tiklanadi va turli asab-ruhiy buzilishlar, xususan asteniya, lokal organik zararlanish simptomlari, tutkanoklar va tranzitor psixozlar paydo bo'ladi. Uchinchi davrda yuqoridagi buzilishlar yoki butunlay reduksiyaga uchrab, bemorning salomatligi tiklanadi, yoki fakat intensivligi va xajmi kamayadi; oxirgi holat shuni kursatadiki, uchinchi davr uzoqlashgan asoratlar davri hisoblanadi. BOSh MIYa jarohatLARIDA ruhiy BUZILIShLAR Bosh miya travmalarining boshlang'ich va o'tkir davrlarida yuzaga keluvchi buzilishlar patogenezi (shuningdek psixozlarda), avvalambor travmadan keyingi birinchi kunlarda yalliglanishsiz diffuz yoki lokal bosh miya shishi va uning oqibatida bosh miya gipoksiyasi natijasidir. Shishga olib keluvchi omillar, turli tuman bo'lib, ularning asosiysi - bosh miya kapillyarlari o'tkazuvchanligining ortib ketishi hisoblanadi. PATOGYeNYeZI Bosh miyaning kommotsiyasi (chaykalishi) - bosh miyaning yopiq diffuz zararlanishi bo'lib, o'tkir davrida miya ustuni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 236.74 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:18 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 236.74 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga