Bosh miyaning ahamiyati haqida tushuncha

Bosh miyaning ahamiyati haqida tushuncha

O'quvchilarga / Tibbiyot
Bosh miyaning ahamiyati haqida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Bosh miyaning ahamiyati haqida tushuncha . Bosh miya tabiat yaratgan ajoyib mo'jizadir. Odamning bosh miyasi uning aql-idroki, fikrlash qobiliyati, ongi kabi muhim ruhiy xususiyatlarining fizi-ologik asosi hisoblanadi. U tashqi va ichki muhit ta'sirini analiz-sintez qilib, ularga javob qaytaradi. Tananing barcha to'qima va organlari ish faoliyatini bir-biriga bog'lab boshqaradi, organizm bilan tashqi muhitning aloqasini ta'minlab, uni muhit sharoitiga moslashtiradi. Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasi. Bosh miya bosh suyagining ichida joylashgan bo'lib, og'irligi katta odamda 1020-1970 g gacha bo'ladi. Shuni ta'kidlash kerakki, bosh miyaning katta-kichikligi odamning aqlini, ish qobiliyatini belgilamaydi. Bosh miya katta yarim sharlari. Bosh miya o'ng va chap yarim shardan iborat boiib, ular qadoqsimon tana yordamida bir-biri bilan tutashib turadi. Bosh miya yarim sharlari ikki qavatdan iborat: 1) kulrang moddadan tashkil topgan tashqi po'stloq qavat; 2) oq moddadan tashkil topgan ichki qavat. Bosh miya katta yarimsharlari po'stloq qavatining qalinligi 2,5-3,0 mm bo'ladi. Po'stloq tekis bo'lmasdan pushta va egatlardan iborat (66- rasm). Miya po'stlog'ining bunday tuzilishi unda nihoyatda ko'p miqdorda nerv hujayralari joylashuviga imkon beradi. Binobarin, miya po'stlog'ida 14-16 mlrd atrofida nerv hujayralari joylashgan. 66- rasm. Bosh miyaning tashqi ko'rinishi: 1 - uzunchoq miya; 2 - miyacha; 3 - bosh miya katta yarimsharlarining ko'rinishi. Odamning aqliy faoliyati bosh miya katta yarimsharlarining po'stloq qismida joylashgan nerv hujayralarining murakkab fiziologik, biokimyoviy va biofizik xususiyatlariga bog'liq. Shuningdek, odam aqliy faoliyatining rivojlanishi uning yoshlikdan tarbiyasi, bilim olishi, mashq qilishiga bog'liq. Bosh miya ikki qismdan iborat: bosh miyaning stvol (ustun) qismi va bosh miya katta yarimsharlari. Bosh miyaning stvol qismiga uzunchoq miya, Varoliyev ko'prigi (miya ko'prigi), ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.31 MB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:18 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.31 MB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga