Tayanch iboralar: bosh miya chayqalishi. Lablar deformatsiyasi. I.Y. Povajenko usuli. Plastik operatsiya. Epiteliylashgan oqma. Depressiya holati. Bosh suyaklarining sinishlari. Yuz va uch tarmoqli nervlar falaji. Markaziy, periferik, bir tomonlama va ikki tomonlama falaj. Stipa capillata, Seteria viridis. Xloraminli pasta. «Til o'yini». Parotit. Nurli zamburug''. Actinomyces bovis, Actinobacillus Lignieri, Streptothrics Jsraeli. Aktinomikoma. Druzalar. Umurtqalar sinishi. Bo'yin harakatchanligi. Rentgenologik tekshirishlar. Parez. Yod jismlarning tiqilib qolishi. Magnitli zond. Yutish harakatlari. Kontrast moddalar. Burun - qizilo'ngach zondi. Qizilo'ngach divertikuli. Flebitlar. Tromb. Paraflebit. Metastazlar. 1. Bosh sohasidagi jarohatlar turli narsalarning shikastlovchi ta'siri, notug'ri transportirovka, saqlash, oziqlantirish va no'htalash kabi omillardan kelib chiqadi. Klinik belgilar shikastning kuchi, vaqti va joyiga bog'lik bo'lib, turli ko'rinishda bo'ladi. Umumiy belgilar (qon ketishi, og'riq, jarohat chetlarining ochilishi) dan tashqari bosh miya chaykalishining alomatlari; og'iz bo'shlig'iga kirib boruvchi jarohatlarda esa suv icholmaslik, jarohatdan ozuqaning qayta chiqishi, unga havo so'rilishi kuzatiladi. So'lak bezi zararlanganda oqmalar hosil bo'ladi. Lab va og'iz burchaklarining jarohatlarida yara va lablar deformatsiyasi rivojlanadi. Burun bo'shlig'iga kirib boruvchi jarohatda esa undan ko'pikli - qizg'ish suyuqlik ajraladi. tashxis. Klinik belgilar yaqqol namoyon bo'lganligi sababli tashxis qo'yish qiyin kechmaydi. Oqibati. Yuzaki jarohatlarda oqibati yaxshi; kirib boruvchilarda - ehtiyotkor; bosh miya chayqalishi bilan og'irlashgan jarohatda oqibati gumon va hatto yomon. Davolash. Lablarning jarohatlarida I.Y. Povajenko usuli bo'yicha choklar va bog'lam qo'yiladi. Qiyqimli jarohatlarda jarohat chetlarini choklar yordamida iloji boricha bir - biriga yaqinlashtirish lozim. Yirik jarohatlarda plastik operatsiya bajariladi. Lo'nj jarohatlarida maxsus choklar qo'llanadi. Epiteliylashgan oqmada uning chetlaridan 0,5 sm chetlanib lo'nj to'qimalarining yarmiga yetib boruvchi aylana kesim bajariladi. Hosil bo'lgan teri ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.03 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.03 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:19 ]
Arxiv ichida: doc