Bronxlarni qengaytiruvchi va balram quchiruvchi dori vositalarining qlinik va farmakologik tavsifi Bronxlar obstruksiyasi bronx va o'pka kasalliklarining kechishiga va bu kasalliklar natijasida ta'sir qiluvchi patofiziologik buzilishlarning sabablaridan biridir. Qeyingi yillarda bronx va o'pka hastaliklarida bronxlar obstruksiyasi ko'payib bormoqda va kuchli ko'rinishda namoyon bo'lmoqda. Bemorlarda bronxlar obstruksiyasi borligini quyidagi klinik belgilarga asoslanib aniqlash mumkin: 1. Hansirashning o'zgarib turishi va uning atmosfera omillari (sovuq, namlik) bilan bog'liqligi. 2. Nafas chiqarilishining qiyinlashgani va uning nafas olishga nisbatan uzayganligi. 3. Hansirashni kuchaytiruvchi yo'talning mavjudligi. 4. Ko'krak qafasida hushtaksi Mon xyrillashnynR sezilishi. 5. Tinch nafas olysh yoky kuchli nafas chiqarish vaqtida quruq, ayniqsa yuqori tembrdagi xirillashlarning mavjudligi, 6. Nafas olish vaqtida o'mrov usti chuqurchasining va qovurga oralig'ining tortilishi. 7. o'pka pastki chegarasining pasayishi va qutichasimon perkutor tovushning paydo bo'lishi. 8. Nafas shovqinlarining qattiq tembri. 9. Pnevmotaxometriya va kuchaytirilgan nafas chiqarish hajmiying kamayishi. Bronxlar o'tkazuvchanligini tiklash bronx va o'pkaDa o'tkir kechayotgan kasalliklarning cho'zilib ketishi va surunkali kasalliklar kuchayib ketishining oldini oladi, shuningdek, o'pka emfizemasi va yurak yetishmovchiligi kabi asoratlar kelib chiqishini kamaytiradi. Klinik tajribalar va maxsus tekshirishlar natijasiga ko'ra bronx obstruksiyasi mexanizmlari har xil bo'lishyga qaramay, eng asosiysi bronx shishi va balg'am ajralishining qiyinlashuvidir. Bronxlarni kengaytiruvchi va balg'am ko'chiruvchi dori moddalarning klinik farmakologiyasi masalasi dolzarbligi shu bilan belgilanadi. 15.1. BRONXLARNI KENGAYTIRUVCHI DORI VOSITALARI Bu dorilar mexanizmiga qarab quyidagi guruhlarga bo'linadi: 1. Simpatik asab tizimi ishini kuchaytiruvchi (simtomimetik)lar: a) to'g'rdanto'g'ri ta'sir etuvchilar (adrenalin, izadrin, alupent, salbutamol, berotek); b) vositali ta'sir etuvchilar (efedrin va uning unumlary, antastman, teofedrin). 2. Bronxlarga parasimpatik asab ta'sirini susaytiruvchi (xolinolitiklar), ya'ni atropin va ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.15 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.15 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:21 ]
Arxiv ichida: doc