Brutsellyoz - rasmi

Material tavsifi

BRUTsYeLLYoZ Reja: 1. Kirish - 5 min. 2. Tarixiy ma'lumotlar - 5 min. 3. Etiologiyasi va epidemiologiyasi - 10 min. 4. Patogenezi va patanatomiyasi - 10 min. 5. Klinikasi - 30 min. 6. Diagnostikasi - 8 min. 7. Davolash - 10 min. 8. Profilaktikasi - 7 min. 9. Yakunlash - 5 min. Brutsellez - zoonoz, infeksion-allergik kasallik bo'lib, isitma, retikulo-endotelial, yurak kon tomir, nerv, tayanch-harakat va urogenital sistemalarini shikastlanishi bilan kechadi Tarixiy ma'lumotlar Brutsellyoz haqida yozilgan ma'lumotlarni chuqur tarixda ham topish mumkin. Brutsellyoz mustaqil nozologik birlik sifatida 1861 yilda ingliz vrachi Merston tomonidan «o'rtaer dengizi remittirlovchi isitmasi» nomi bilan ta'riflangan. 1886-1887 yillarda ingliz harbiy vrachi Devid Bryus kasallik qo'zg'atuvchisini topdi -yani uni malta isitmasidan o'lgan askar talog'idan topadi va Micrococcus melitensis - malta mikrokokki deb ataydi. 1897 yilda Rayt va Sempl bemor qon zardobining mikrokokk kulturasini agglyutinatsiya qilish xususiyatini aniqlashdi. Bu reaksiya keyinchalik diagnostikada Rayt reaksiyasi nomi bilan keng qo'llanila boshladi. 1897 yilda Daniya olimlari Bang va Stribolt qoramollarda brutsellyoz qo'zg'atuvchisini topishdi va bola tashlagan sigir yo'ldoshidan uning toza kulturasini ajratib olishib Br. Abortus bovis deb atashdi. 1914 yilda Traum cho'chqalarda infeksion abort qo'zg'atuvchisini ajratib oldi - bact. Abortus suis. Biroq uzoq vaqt odamlar uchun faqat malta mikrokokki patogen deb hisoblandi. 1920 yilda uchala qo'zg'atuvchining 1-1 iga yaqinligi topildi va uni birinchi bo'lib ochgan tadqiqotchi nomi bilan 1 ta Brucella avlodiga birlashtirildi. 1922 yilda Byurne brutsellyoz diagnostikasi uchun teri ichi allergik sinamasini taklif etdi. 1957 yilda Yuta shtatida (AQSH) saxro butoqzor kalamushlaridan brutsellaga yaqin mikroorganizmlar ajratib olindi - Br. Neotomae. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 13.94 MB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:21 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 13.94 MB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga