Bug'latish. Bir apparatli bug'latish qurilmasi

Bug'latish. Bir apparatli bug'latish qurilmasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Bug'latish. Bir apparatli bug'latish qurilmasi - rasmi

Material tavsifi

Bug'latish. Bir apparatli bo'glatish qurilmasi Reja 1. Bug'latish. 2. Bitta apparatli bug'latish qurilmasi. Bug'latish Uchuvchan bo'lmagan moddalar eritmalarini uning tarkibidagi erituvchini qaynatish paytida chiqarib yuborish yo'li bilan quyuqlashtirish jarayoni bug'latish deb yuritiladi. Ammo bug'latish jarayoni qaynash temperaturasidan past temperaturalarda suyuqlikning yuzasida ro'y bersa, bug'latish jarayonida bug' eritmaning butun hajmidan ajralib chiqadi. Kimyo sanoatida ishqor, tuz va boshqa moddalarning suvli eritmalari, ayrim mineral va organik kislotalar, ko'p atomli spirtlar hamda shu kabi bir qator suyuq eritmlar bug'latiladi. Ayrim vaqtda bug'latish yordamida toza erituvchilar ham olinadi. Bazi sharoitlarda quyuqlashtirilgan eritma kristallanish jarayonini amalga oshirish uchun maxsus bug'latish appartlariga yuboriladi. Quyuqlashtirilgan eritmalar va bug'latish natijasida hosil bo'lgan qattiq moddalarni oson hamda arzon qayta ishlash, saqlash va boshqa joylarga jo'natish mumkin. Bug'latish jarayonida isituvchi agent sifatida asosan suv bug'i ishlatiladi, bunday bug' birlamchi bug' deb yuritiladi. Qaynayotgan eritmani bug'latish paytida hosil bo'lgan bug' ikkilamchi bug' deb ataladi. Eritmani bug'latish uchun zarur bo'lgan issiqlik miqdori devor orqali beriladi. Faqat ayrim hollardagina, eritmalarni quyultirish uchun kerak bo'lgan issiqlik tutun gazlari yoki boshqa gazsimon issiqlik tashuvchi agentlarning suyuqlik bilan o'zaro kontakti orqali beriladi. Bug'latish jarayoni vakuum ostida, atmosfera va yuqori bosimlarda olib borilishi mumkin. Eritmalarning xossalari va ikkilamchi bug'ning issiqligidan foydalanish zaruratiga ko'ra har xil bosimlar ishlatiladi. Vakuum ostida bug'latish bir qator afzalliklarga ega: jarayonni ancha past temperaturalarda olib borish mumkin, bu hol ayniqsa yuqori temperaturada parchalanib ketishi mumkin bo'lgan moddalar eritmalarini quyuqlashtirishda juda qo'l keladi. Budan tashqari, vakuum ta'sirida isituvchi agent va eritma temperaturasi o'rtasidagi foydali farq ko'payadi, bu narsa appartning istish yuzasini kamaytirishga olib keladi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.9 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.9 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga