Buyrak kasalliklari ularning patofiziologiyasi va farmakoterapiya asoslari Reja: Surinkali nefrit Buyrak kanalchalarining epiteliyasini Surinkali nefroz Buyrak kasalliklari ichida eng ko'p tarqalgani buyrak nefrit kasalligidir. Nefritlar bir necha xil bo'lib ular: o'tkir nefrit va urunkali nefritga bo'linadi Shuningdek keng tarqalgan va malum bir bo'limdagi (o'choqli) nefritlar qayd etiladi. O'tkir nefrit buyrak koptokchalari kapillyarlarini yallig'lanishidan kelib chiqqan va butun koptokcha apparati va buyrakni to'qimalararo tarqalgan kasalligidir. Uni kelib chiqishida organizmni reaktivlik qobiliyatini va tashqi muhitini roli katta. Chunki nefritni kelib chiqishida infeksiya va uzoq sovuq qotish hamda turli xil buyrak travmalari alohida rol o'ynaydi. Nefritda xam revmatizmda qayd etiladigan holatlar kabi infeksiyalar, xususan gemolitik streptokokklar va shu mikroorganizmlar yuzaga chiqargan kasalliklar (streptokokkli angina, skarlatina, gripp, nafas yo'lini katari va b.) ketidan keluvchi ikkilamchi infeksiyalar o'ziga xos ahamiyat kashf etadi. Bunda ikkilamchi infeksiyaga mikroorganizmlariga qaraganda, ulardan yuzaga kelayotgan toksinlar va mikroblarni, reaktivligi susaygan organizm buyragiga bo'lgan ta'siri katta rol o'ynaydi. Uzoq muddat davomida sovuq qotish, ayniqsa namgarchilik bilan kechuvchi sovuq qotishlar asosiy sababchilardan biri bo'lib qoladi. Shuni xam aytib o'tish kerak-ki, o'tkir nefrit nisbatan ko'proq yoshlarda (30-35 yoshlarda), yosh bolalarda qayd etiladi. Bazan nefrit infeksion kasalliklardan so'ng, shu kasallik tufayli yuzaga kelgan antitelolar bilan bog'liq organizmni allergik yoki nerv va tomirlarini javob reaksiyasi sifatida, yani ikkilamchi kasallik sifatida yuzaga chiqadi. Nefritni kelib chiqishida bo'yrak kapillyarlarini birlamchi spazmini kelib chiqishi va unga javob tariqasida ikkilamchi tomirlarda yuzaga keluvchi stazlar, tromblar va kapillyarlar endoteliyasini proliferatsiyalarini yuzaga kelishi xam malum darajada sababchi bo'lib qoladi. Demak, o'tkir nefritni kelib chiqishida turli xil faktorlar o'ziga xos rol o'ynaydi. ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
871.1 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
871.1 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:23 ]
Arxiv ichida: doc