Buyrak tosh kasalligi

Buyrak tosh kasalligi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Buyrak tosh kasalligi - rasmi

Material tavsifi

Buyrak tosh kasalligi Reja: Sistit Buyrak yetishmovchiligi O'tkir buyrak yetishmovchiligi Surunkali buyrak yetishmovchiligi Buyrak-tosh kasalligi buyrak va siydik yo'llarida tosh paydo bo'lishidan kelib chiqadigan kasallikdir. Buyrak-tosh kasalligi dunyoning barcha mamlakatlarida uchraydi, shunga qaramay u bir tekis tarqalmagan va ko'pincha endemik xarakterda bo'ladi. Buyrak-tosh kasalligi yer sharining ko'p qismida uchraydi. Bu kasallik tarqalgan ko'p zonalar muhim hisoblanadi. Shunga ko'ra urolitiazning paydo bo'lishiga olib keladigan sabablardan biri tashqi muhit sharoitlari ekanligini inkor etish qiyin. Masalan, issiq iqlim buyrak-tosh kasalligini keltirib chiqaradi, ter orqali ko'p suv yo'qotish natijasida siydik konsentratsiyasi oshadi, siydik tuzlarga o'ta to'yinib qoladi, ular cho'kmaga tushib, toshlar hosil qiladi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra (V.A.Barsel, 1961) urolitiazning tabiiy o'choqliligi Kavkazorti Respublikalarida, O'rta Osiyo va Donbassda, Sverdlovsk viloyatida uchragan. Buyrak-tosh kasalligi barcha urologik kasalliklarning 30-40% ini tashkil etadi. Bu kasallik hamma yoshdagi odamlarda uchraydi. O.Y. Rejabek bir yarim oylik qiz boladagi buyrak toshlarini tasvirlagan. Buyrak-tosh kasalligi ko'pincha 25-45 yoshli odamlarda, erkaklarda ayollarga qaraganda taxminan 2 barobar ko'proq uchraydi. Etiologiya va patogenezi. S.I. Spasokukotskiy o'z vaqtida siydik-tosh kasalligining tabiiy o'choqliligini tan olmagan va qayerda faol xirurg bo'lsa, o'sha yerda siydik-tosh kasalligi paydo bo'ladi, - degan fikrni bayon qilgan. Abdergalden Kichik Osiyoda ichimlik suv va siydik konkrementlarini ximiyaviy tekshirishga asoslanib, siydik-tosh kasalligining tarqalishi ichimlik suvda kalsiy tuzlarining ortiqcha miqdorda bo'lishiga bog'liq degan xulosaga kelgan. Bu kasallik haqida gapirilganda ko'pincha iqlim sharoitlariga ahamiyat beriladi. Yuqorida aytganimizdek, siydik-tosh kasalligi faqat issiq iqlim sharoitida emas, balki iqlimi o'rtacha va hatto o'rtachadan past sharoitlarda, masalan, Shvetsiya, Finlandiya kabi mamlakatlarda ham uchrashi ma'lum. Ayrim mualliflarning fikricha, siydik-tosh kasalligi paydo bo'lishida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 29.11 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:23 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 29.11 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga