CHAQALOQLIK DAVRI FIZIOLOGIYASI. MOSLASHISH DAVRI XUSUSIYATLARI. yetuk TUG'ILGAN CHAQALOQLARNI PARVARISHLASH USULLARI Sog'lom tug'ilgan chaqaloq- tug'ilishi bilan hech qanday tibbiy muolajaga muhtoj bo'lmagan va yashash qobiliyatini saqlagan boladir. yetuk tug'ilgan chaqaloq - gestasiya vaqtining 37 haftasidan 42 xaftasigacha bo'lgan davrda tug'ilgan chaqaloqdir (260-294 kun). Chala tug'ilgan chaqaloqlar- gestasiya vaqti to'liq bo'lmagan 37 haftadan (259 kun) 22 haftagacha (154 kun), tana og'irligi 2500 grammdan 500 grammgacha, tana uzunligi 47 (46) smdan kichik bo'lib tug'ilgan chaqaloqga aytiladi. Chaqaloqlarning anatomik-fiziologik xususiyatlari Chaqaloqlarning birlamchi ko'rigi tug'ruq blokining bolalar xonasida o'tkaziladi: chaqaloqning umumiy holatiga baho beriladi va kuzatilishi mumkin bo'lgan kasalliklar aniqlanadi. Xona harorati 24-26°C gacha bo'lishi, yo'rgaklash stoli isitilgan, bolaning terisi quruq bo'lishi kerak. Chaqaloqlar ko'rigi palatada, yo'rgaklash stoli yoki kuvezda harorat 22°C bo'lganda o'tkaziladi. Chaqaloqni tekshirish extiyotkorlikni, chidamlilikni va yumshoqlikni talab qiladi. Tashqi ko'rinishi: sog'lom yetuk tug'ilgan chaqaloqlar uchun yuzining tinch ko'rinishi xarakterli. Ko'rik boshlanishida ayrim holatlarda baland emosional yig'lash kuzatiladi. Sog'lom chaqaloqlar uchun adekvat ta'sirlovchilarga (ochlik, taktil yoki og'riq) nisbatan uzoq vaqtli baland ovozda yig'lash hos bo'lib, yiqlash sababi aniqlangandan keyin bola yig'lashdan to'xtaydi. Bemor bola yig'isining kuchi va davomiyligi bo'yicha baholanadi. Kuchsiz yig'lash yoki umuman yig'lamaslik chalalik og'ir darajasi bilan tug'ilgan chaqaloqlarda aniqlansa, neonatologlarni bezovta qiladi. Afonik yig'lash o'tkazilgan reanimasion chora-tadbirlardan keyin yoki markaziy asab tizimining zararlanishi natijasida kuzatiladi. Moddalar almashinuvi buzilishi va nasliy kasalliklarda chaqaloq yig'isi o'ziga hos xususiyatga ega bo'ladi Chaqaloqlarda bosh miyaning o'lchami nisbatan katta bo´ladi. O'rtacha vazni o'g'il bolalarda 390 g (340 - 430 g), qiz bolalarda 355 g (330-370 g), ya'ni tananing 12-13% qismini tashkil qiladi (kattalarda ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
11.09 MB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:24
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
11.09 MB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:24 ]
Arxiv ichida: ppt