Chilla davrida hamshiralik parvarishi

Chilla davrida hamshiralik parvarishi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Chilla davrida hamshiralik parvarishi - rasmi

Material tavsifi

Chilla davrida hamshiralik parvarishi Reja: Tuqqan ayol organizmidagi o'zgarishlar Chilla davrini boshqarishda hamshiralik parvarishi Kun tartibi Chilla davri septik kasalliklari Chilla davri (tug'ruqdan keyingi davr-puerperium) homilaning tug'ilgan paytidan boshlanib, 6-8 hafta davom etadi. Homiladorlik va tug'ruq munosabati bilan ro'y bergan o'zgarishlarning deyarli hammasi chilla davrida barham topadi. Ayolning jinsiy apparati homiladorlikdan oldingi ahvoliga deyarli batamom qaytadi. Bola emizmaydigan ba'zi ayollar chilla davri tugashi bilan yana hayz ko'ra boshlaydi, emizikli onalar kechroq (ko'pincha emizish davri tugagandan keyin) hayz ko'radi. Emizikli ayollardan faqat ba'zilari tug'ruqdan 6-8 hafta keyin hayz ko'ra boshlaydi. TUQQAN AYOL ORGANIZMIDAGI O'ZGARISHLAR Jinsiy a'zolarning o'z asliga qaytish jarayoni - jinsiy involyutsiyasi. Yo'ldosh tushgach, bachadon yaxshi qisqaradi, shar shakliga kiradi, konsistensiyasi zichlashadi, boylam apparati cho'zilgani uchun bachadon ancha harakatchan bo'lib qoladi. Bachadon tubi tug'ruqdan bevosita keyin kindikdan 1-2 barmoq enicha pastroqda turadi, bu chanoq tubi muskullari va qin tonusining oshganligiga bog' liq. Bachadon yuqoriga va ikki yon tomonga bemalol siljiydi. Qovuq to'lib ketganda bachadon tubi qovurg'alar ravog'i ostigacha yetishi mumkin. Bachadon bo'yni tug'ruqdan keyinoq yupqa devorli xalta shakliga kiradi, bo'yin kanali qo'l panjasini bemalol o'tkazadi, ochiq turgan tashqi teshigining chetlari qinga burma-burma bo'lib osilib tushadi. Bachadonning ichki yuzasi platsenta va pardalar ko'chgandan keyin keng jarohat yuzasi hisoblanadi. Tug'ruqdan keyinroq bachadonning bo'yi o'rta hisob bilan 15 sm (13-16 sm), bachadon naylari boshlangan joy ro'parasidagi eni 12-13 sm, vazni 100 g keladi. Bachadonning qanchalik qisqarganligini tubi qay balandlikda turganligidan bilsa bo'ladi. Tug'ruqdan keyingi dastlabki 10-12 kun mobaynida bachadon tubi kuniga taxminan bir barmoq enicha pastga tushadi. Tug'ruqdan keyin bachadon tubi 1-2-kuni kindik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 532.15 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:24 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 532.15 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga