Chiniqtirish Bolaning yoshiga muvofik keladigan to'g'ri tanlangan mashqlar uning fakat jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanishiga yordam bermasdan, balki ko'pgina kasalliklarning oldini oladi. Badantarbiya harakat ko'nikmalarining yanada shakllanishiga va takomillashishiga, yurak-tomir sistemasi va nafas a'zolarining rivojlanishiga yordam beradi. Bola bilan mashg'ulotlar o'tkazilganda unga karab aytilgan so'zlarni tushunishiga (bola nutqining rivojlanishiga yordam beradi), barcha harakatlarni to'gri bajarishiga va nafasini to'xtatib ko'ymasligiga etibor berish kerak. mashg'ulotlarni ertalab ovqatlanib bo'lgandan 1,5-2 soat keyin o'tkazgan makul. Har bir holda bolaning harakat ko'nikmalariga individual yondoshish, uni toliktirib ko'ymaslik lozim. 1-2 yashar bolalar uchun mashg'ulotlar 5-10 daqikadan, 2-3 yashar bolalar uchun 10-15 dakikadan oshmasligi zarur. Mashqlar sonini 8-10 tagacha cheklash kerak. mashg'ulotlar vaqtida nafas mashqlari, tinch yurish mashqlarini o'tkazib, ozgina tanaffus qilish tavsiya etiladi. Har bir mashq o'rta hisobda 2-4 dan 6-8 martagacha takrorlanadi. 1-1,5 yashar bolalar uchun tavsiya etilgan mashqlar rasmda keltirilgan. 1,5-2 yashar bolalar uchun xuddi shunday mashqlar ko'llaniladi, lekin bundan tashqari, qo'llar bilan aylanma harakatlar qilish kiritiladi; ko'pincha quyidagi mashqni kiritsa bo'ladi - bola kornida yotib, ko'llari bilan tanasini 2-3 marta (tanasi va oyoqlarini bukmasdan) ko'tarishi kerak. mashqlarni bajarish vaqtini uzaytirsa bo'ladi. mashg'ulotlarni muntazam ravishda bir vaqtda o'tkazib turish zarur. Chiniktirishning mohiyati bolada tashqi muhitning noqulay ta'sirotlariga moslashish qobiliyatini doim. lekin sekin-asta va ehtiyotlik bilan ishlab chiqishdan iborat. Chiniktirish natijasida bola organizmi turli zararli ta'sirlarga, ayniqsa, issiqlab ketish va sovkotishga birmuncha berilmaydigan bo'lib qoladi. Bu uning yuqumli kasalliklarga qarshilik ko'rsatishini oshiradi va bordi-yu kasallansa ham, birmuncha yengil o'tadi. Quyosh nuri, suv, sof havo - chiniktirishning asosiy omillari hisoblanadi. Organizmni chiniqtirganda quyidagi qoidalarga rioya qilish ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
218.93 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:24
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
218.93 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:24 ]
Arxiv ichida: ppt