Chiniquvchanlikning biokimyoviy asoslari Tabiat omillari va ular yordamida chiniqtirish Chiniqish dеganda organizmning tashqi ta'sirlariga, sovuqqa, issiqqa, quyoshning kuchli nuriga qarshiligining asta-sеkin osha borishi tushuniladi. Organizmning chiniqishi, shamollash va yuqumli kasalliklar, xususan gripp infеktsiyasiga qarshi tura olishida namoyon bo'ladi. havo, suv va quyosh chiniqishning asosiy tabiiy vositalari hisoblanadi Chiniqish, havo, quyosh vannasi, suv muolajalarining organizmga ta'sir ko'rsatishidir. Ochiq havoda jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish, mos haroratni saqlash, yoshlikdan boshlab o'zini toza havoda ko'p bo'lishga hamda sovuq suvga ko'niktirish, juda issik kiyinmaslikka, shaxsiy gigiеna qoidalariga og'ishmay amal qilishga o'rganish, bo'larning barchasi sog'likni mustaqkamlaydi, organizmning tashqi muxitning noqulay ta'siriga umumiy barqarorlikni oshiradi. Quyosh vannasi qabul qilish qoidalari: quyosh radiatsiyasi organizmda modda almashinuvini yaxshilaydi. Bu bilan jismoniy tarbiya jarayonining ta'siri ortadi. Yozda suzish va cho'milishdan so'ng quyosh vannalarini qabul qilish ya'ni quyoshda toblanish tеrida D vitamin hosil qiladi bu bilan tayanch harakat apparati, muskul tizimi faoliyati kuchayadi, organizmni kasalliklarga chidamliligi ortadi. quyosh vannasini yotib, boshni to'sgan holda qabul qilgan ma'qul. Quyosh vannasi bahavo joyda qabul qilinishi kеrak. Quyosh vannasi kunning birinchi yarmida, ovqatlanishga bir yarim soat bo'lgungacha yoki undan 1,5-2 soat kеyin qabul qilingani ma'qul. Quyosh nuri ostida bulishni dastlab 8-10 daqiqa davom ettirish, so'ng bu muolajani har kuni 5-10 daqiqaga uzaytirish lozim va asta-sеkin 30-40 daqiqaga еtkaziladi. Quyosh vannasi qabul qilinayotganda har 5-10 daqiqada gavda holatini o'zgartirib turish kеrak, muolaja tugagach, yaxshilab cho'milib olish tavsiya qilinadi. Quyosh vannasiga tushishdan ilgari shifokor bilan maslaxatlashish darkor. Quyosh radiatsiyasi dеganda quyoshdan ajralib chiqadigan nur oqimi tushuniladi. Ultrabinafsha nurlar asosan kimyoviy enеrgiya tashisa, infra qizil nurlar issiqlik enеrgiyasi ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
153.86 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:24
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
153.86 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:24 ]
Arxiv ichida: ppt