Churralarning asoratlari Reja: 1. Churra qisilishi 2. Churra qisilishining klinik manzarasi 3. To'g'rilanmaydigan churra simptomatikasi Bularga: churrada najas turib qolishi (koprostaz), churra ichidagi a'zolar yalliglanishi va churra qisilishi kiradi. Koprostaz asosan yoshi ulg'aygan odamlarda, aksariyat ayollarda sodir bo'ladi. Bunda odatda churraning o'zida ham, butun qorin bo'ylab ham og'riq nisbatan kam bo'lgani holda churra bo'rtmasining xajmi kattalashadi. Keyinchalik qorinda og'riq paydo bo'ladi, loxaslik va intoksikatsiya, kekirish, ko'ngil aynishi, qusish paydo bo'ladi. Churrada axlat turib qolganda dastlabki yordamning asosiy vazifasi qorin pressining peristaltikasini kuchaytirishga yordam berish va shu tariqa najas turib qolishiiga barham berish uchun churra ichidagini qorin bo'shlig'iga repozitsiya qilish (o'tkazish) hisoblanadi. Churra bo'rtmasini massaj qilish yoki oz-moz bosib turadigan bog'lam bog'lash malum darajada yordam beradi. Churra bo'rtmasiga muz solingan xaltacha qo'yish yoki bo'rtgan joy terisiga xloretil oqimini ta'sir ettirish shu maqsad uchun xizmat qiladi. Ular ta'siri ostida ichaklarning qonga to'liqligi kamayadi, ularda qisqa vaqtga spazm vujudga keladi, ichak repozitsiyaga oson beriladi, uning peristaltikasi kuchayadi. Churra qisilishi. Churra qisilishi, odatda, churra ichidagining churra darvozalarida yoki churra xaltachasi bo'yni og'zida, yoki churra xaltachasidagi bitishmalar orasida to'satdan qisilib qolishidan iborat. Bunda churra ichidagi a'zolar to'qimalarida qon ta'minoti, innervatsiyasi binobarin ular trofikasi va oziqlanishining buzilishlari ro'y beradi. Churraning qisilish sabablari turli tuman bo'lishi mumkin. Elastik qisilishda churra xaltachasiga o'tgan a'zolar tashqaridan bosiladi. Najas bilan qisilishda ichak ichidagi narsa ko'p miqdorda yig'ilib, churra xaltachasining to'lishini ancha oshiradi va shu tariqa churra halqasidagi bosimni kuchaytiradi, buning oqibatida ichak tutilib qolishi vujudga keladi. Churraning qisilish turlaridan biri Rixter churrasi bo'lib, uni o'z vaqtida diagnostika qilish nihoyatda mushkul. ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.13 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.13 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:25 ]
Arxiv ichida: doc