Demensiya - rasmi

Material tavsifi

Demensiya Reja: 1.Organik demensiya 2. ko'p xollarda organik demensiyani tashxis 3.Epileptik demensiya Organik demensiyaning etiologiyasi oligofreniyaning etiologiyasiga kisman o'xshash buldi. Organik demensiyani keltirib chikaruvchi sabablariga bosh miyaning yuqumli, travmatik, intoksikatsiyali jarohatlanishi, markaziy nerv tizimining degenerativ kasalliklari, moddalar almashinuvining buzilishlari kiradi. Demensiyaning patogenez iva klinik namoyon bo'lishi xususiyatlarini aniklaydigan tafovut sayabiy ta'sir qilish vaqti bilan bog'liqdir. Organik demensiya kupincha 1,5-2 yoshdan sung, yana miya tuzilmalarining kupgina kismi shakllanib bo'lgan vaqtda bosh miyaning jarohatlanishidan kelib chikadi. Shuning uchun patogen agent miya tuzilmalarining keyingi shakllanishiga tuskinlik kiladigan omil bo'lib kolmasdan, balki ushbu tuzilma va unga bog'liq funksiyalarni xam jarohatlaydi. Miyaning organik jarohatlanishining asoratlari natijasida (infeksiyalar, intoksikatsiyalar, travmalar) kelib chikkan rezidul demensiyani hamda bosh miyada yuz berayotgan organik jarayonlarga (yalliglanish, degenerativ, atrofik, almashinuv nuqsonlari) ajratadilar. Bosh miyada yuz berayotgan organik jarayonlarga bog'liq demensiyada kasallik uchayib psixik degaradatsiyaga olib keladi, avvalgi egallangan malaka va bilimlar yukolib boradi. Organik demensiyaning klinik-psixologik ko'rinishida uni oligofreniyadan farqlaydigan bir kator xususiyatlar mavjud. Bunda eng avvalo intellektual nuqsonning uzgacha tuzilishidir. Organik demensiya uchun oligofrenik aqli zaiflikning asosiy belgilarining, yani totallik va rivojlanmay qolishning ierarxligi xos emasligidir. Demensiya uchun intellektual nuqsonlarning partsialligi xarakterlidir. jarohatning lokalizatsiyasiga bog'liq bir intellektual funksiyalar kuprok buzilishi, boshqalari esa nisbatan saqlanib qolishi mumkin. Masalan, travmatik demensiya uchun xotiraning buzilishi; nerv tizimining infeksiyali jarohatlanishiga bog'liq demensiyaga diqqatning kupol buzilishlari xosdir. Oligofreniya uchun xos bo'lgan rivojlanmay qolishning ierarxligi shunda namoyon buladiki, bunda kupincha tafakkur umumiy buzilishi emas, balki alohida intellektual funksiyalar, psixik jarayonlarning surati va podvijnost nuqsonlari yakkol ifodalangan bo'ladi. Masalan, ixtiyoriy xotira, faol diqqatning kupol buzilishlari, doimo tashqi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.26 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.26 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga