Diabet Diabet - eng keng tarqalgan gormonal kasallik, organizm oshqozon osti bezi gormoni bo'lgan insulinni normal ishlab chiqara olmaydigan yoki o'zlashtira olmaydigan holat hisoblanadi. Natijada qand moddasi o'zlashtirilmaydi, u hujayralarga singishi o'rniga, doim qon tarkibida qoladi va peshob bilan birga chiqarib tashlanadi. Och qoringa qondagi qand miqdorining me'yori - 3,3-5,5 mmoll bo'lishi kerak. Qandli diabet haqida so'z borganda esa bu raqam 6,1 va undan yuqorini takshil etadi. Diabet asosan uchta turga bo'linadi: birinchi, ikkinchi va gestatsion. Uning noprinsipial turlari 30 ga yaqin, biroq ularning ko'pchiligi juda kam uchraydi. Gestatsion diabet - homilador ayollarning muammosi. U o'zi hech qanday oqibatlarsiz o'tib ketishi mumkin, lekin ba'zida birinchi yoki ikkinchi turdagi diabetlarga aylanadi. 1-turdagi diabet - immun tizimi oshqozon osti bezidagi insulin hujayralarini batamom buzib bo'lgan holat hisoblanadi. Bunda odam butun umri davomida insulin in'ektsiyalariga ehtiyoj sezadi. Afsuski, bu holda hech narsani o'zgartirib bo'lmaydi. Ammo hayotning normal sifatini ushlab turish, kasallikni nazorat qilish va keksalikkacha yashash mumkin. 2-turdagi diabet - organizmda insulin bor, lekin hujayralar unga quloq solmaydi (unga nisbatan rezistentlik paydo bo'ladi). U turli-tuman sabablarga ko'ra paydo bo'lishi mumkin, biroq 90% holatda bunga ortiqcha vazn sabab bo'ladi. Agar vazningiz me'yorida bo'lsa, 2-turdagi diabetga chalinish ehtimoli, hatto bunga genetik moyil bo'lsangiz ham, juda kam bo'ladi. Diabet oldidan - uglevodlar almashinuvida buzilishlar mavjud (tahlillar och qoringa glyukoza miqdori yuqori, ya'ni 5,5-6,0 mmoll ekanini yoki glyukozotolerant test me'yorida emasligini ko'rsatadi), lekin hali diabetning belgilari rivojlanmagan bo'ladi. Odam o'zini yomon his qilmaydi - muammoni faqat qonni qand moddasi miqdoriga tekshirish orqali aniqlash mumkin. Farqni bilib olaylik. ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:03:03
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.75 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:03 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.75 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:33 ]
Arxiv ichida: doc